fbpx
Pomidor va mol go’shtidan qilingan vetchinali pitsa

Pomidor va mol go’shtidan qilingan vetchinali pitsa

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Sousiga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Yupqa va mayin, mazali asos bilan boyitilgan mana bunday pitsa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq!

Biz quyida keltirgan masalliqlardan ikkita pitsa hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 31 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
4 gramm quruq xamirturush
160 millilitr suv
bir chimdim tuz
20 millilitr zaytun moyi
320 gramm un
Sousiga:
2 osh qoshiq pomidor pastasi
10 millilitr suv
1/4 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
1/2 choy qoshiq tuz
1/2 choy qoshiq shakar
Asosiga:
300 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
300 gramm motsarella pishlog'i
100 gramm dudlangan kolbasa
1 dona pomidor
Qadam 1
Tugallandi

Xamirini tayyorlab olamiz. Tog'orachaga iliq suv va xamirturushni solib, aralashtiramiz. Zaytun yog'i va tuzni ham qo'shamiz. Unni elab solamiz va xamir qorib olamiz. Xamirni kamida 7-8 daqiqa davomida mushtlaymiz. Xamirni teng ikkiga bo'lib, ustini yopamiz va 30 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sousi uchun esa suv bilan tomat pastasini aralashtirib olamiz. Tuz va qolgan ziravorlarni ham solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ikkala xamirni alohida-alohida qilib yupqa yoyamiz. Ustidan sousni surtib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pitsa ustidan yupqa to'g'ralgan pomidor, vetchina va dudlangan kolbasani terib chiqamiz. Pishloqni esa qirg'ichdan chiqarib, sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

220 C darajada qizigan pechda 10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 1 soat
  • Portsiya 16
  • O’rtacha
  • 220 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
4 gramm quruq xamirturush
160 millilitr suv
bir chimdim tuz
20 millilitr zaytun moyi
320 gramm un
Sousiga:
2 osh qoshiq pomidor pastasi
10 millilitr suv
1/4 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
1 choy qoshiq italyancha xushbo'y ziravorlar
1/2 choy qoshiq tuz
1/2 choy qoshiq shakar
Asosiga:
300 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
300 gramm motsarella pishlog'i
100 gramm dudlangan kolbasa
1 dona pomidor
oldingi
Tunets balig’i va kartoshkadan qilingan salat
keyingi
Menemen – turkcha qovurilgan tuxum

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.