Videoretsept: Befstroganov taomi
Masalliqlar:
-
400 gramm mol go'shti
-
1 bosh piyoz
-
200 gramm smetana
-
1 osh qoshiq pomidor pastasi
-
2 osh qoshiq un
-
150 millilitr suv
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Befstroganov – dunyoning taniqli restoranlarida tortiladigan taomlardan biri hisoblanadi. Bu taomni tayyorlashning juda ko’p usullari mavjud.
Biz bugun sizlarga mol go’shtidan mazali va og’izda eriydigan befstroganov taomini tayyorlashni o’rgatamiz.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shti | |
1 bosh piyoz | |
200 gramm smetana | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2 osh qoshiq un | |
150 millilitr suv | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Go'shtni uzunchoq somoncha shaklda, taxminan 5 millimetr qalinlikda to'g'raymiz.
To'g'ralgan go'shtni idishga solamiz, tuz va murch sepamiz.
Ustidan un solib, yaxshilab aralashtiramiz.
Piyozni archib to'rtga bo'lamiz va yupqa to'g'raymiz.
Tovaga biroz yog' solamiz va qizdiramiz.
Go'shtni solib, taxminan 2-5 daqiqa davomida tillarangga kirgunicha qovurib olamiz.
Go'shtni qanchalik tez qizartirib olsangiz, tayyorlaydigan taomingiz shunchalik yumshoq chiqadi.
Ustidan to'g'ralgan piyozni solamiz va 5-7 daqiqa davomida qovuramiz.
Tovadagi go'sht va piyoz ustidan pomidor pastasi, smetana, suv solamiz. Tuz va murchini rostlab aralashtiramiz.
Qaynab chiqanidan so'ng qopqog'ini yopib, 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan ovqatni xohishga qarab, istagan gazaklar bilan tortishingiz mumkin. Ko'pchilik uni kartoshkali pyure va kartoshka qalamchalari bilan tortishadi. Bu albatta xohishingizga havola.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shti | |
1 bosh piyoz | |
200 gramm smetana | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
2 osh qoshiq un | |
150 millilitr suv | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |