Baqlajonli sersuv burgerlar
Masalliqlar:
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
4-5 ta tuzlangan bodring
-
5 dona gamburgerlarga mo'ljallangan bulochka
-
1 ta pomidor
-
5 ta sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar
-
1 dona baqlajon
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 osh qoshiq xantal donachalari
-
100 gramm mayonez
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2 osh qoshiq ketchup
-
bir nechta salat bargi
Yo’nalishlar
Burgerlar — piknikga chiqqanda yoki bolajonlarni xursand qilishda tayyorlash mumkin bo’lgan eng mazali yeguliklardan biridir. Bizning bugungi burgerimiz kotlet va baqlajonlar bilan birga tayyorlanilib, juda sersuv bo’lib chiqadi.
Burgerlar uyda, yangi mahsulotlardan tayyorlanilganda, u nafaqat mazali, balki foydali «fast-food» hisoblanadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
4-5 ta tuzlangan bodring | |
5 dona gamburgerlarga mo'ljallangan bulochka | |
1 ta pomidor | |
5 ta sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar | |
1 dona baqlajon | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq xantal donachalari | |
100 gramm mayonez | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 osh qoshiq ketchup | |
bir nechta salat bargi |
Qiymaga tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz. So'ng bir necha daqiqa yaxshilab "urib chiqamiz" ya'ni to'mtoqlaymiz.
Aylana shakldagi yupqaroq kotletchalar yasab, 1 soatga sovutgichga qo'yamiz.
Kotletlarni olib, ikkala tomonini ham qizartirib, qovuramiz. Qovurib olganimizdan so'ng issiqligida pishloq bo'laklarini kotletlar ustidan qo'yib chiqamiz. Shunda ular erib, yanada mazaliroq bo'lib chiqadi.
Qaylasini tayyorlab olamiz. Mayonez, ketchup, sarimsoq piyoz, xantal donachalarini bitta idishga solib, aralashtirib olamiz.
Tovaga ozroq zaytun yog'i solib, baqlajonlarni qovuib olamiz.
Burgerlarga mo'ljallangan bulochkalarni ikkiga bo'lib, quruq tovada qovurib olamiz.
Burgerlarni yig'amiz
Bulochkaning pastgi qismiga qayladan surtib, baqlajon bo'laklarini qo'yib chiqamiz. So'ng esa pishloqli kotlet va salat bargini joylashtiramiz. Salat bargining ustidan to'g'ralgan pomidor va bodringlarni teramiz. Bulochkaning ustki qismiga ham qayla surtib, burger ustini yopamiz va cho'pcha (shpajka) bilan mustahkamlaymiz.
Burgerlar ham tayyor, yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
4-5 ta tuzlangan bodring | |
5 dona gamburgerlarga mo'ljallangan bulochka | |
1 ta pomidor | |
5 ta sendvichga mo'ljallangan pishloqli plastinkalar | |
1 dona baqlajon | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq xantal donachalari | |
100 gramm mayonez | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2 osh qoshiq ketchup | |
bir nechta salat bargi |