fbpx
Videoretsept: makkajo’xori uni va olmadan tayyorlangan pirog

Videoretsept: makkajo’xori uni va olmadan tayyorlangan pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Pishiriqlarga solinadigan makkajo’xori uni ularga o’zgacha rang berib, xamirni ham uvalanuvchan bo’lib pishishini ta’minlaydi. Shuningdek bunday piroglar nafaqat mazali, balki vitamin va mikroelementlarga boy bo’lib, juda foydali ham hisoblanadi.

Bunday pirog uchun shirin-nordon ta’mli olmalardan foydalaniladi.

Muhim! Agarda siz glyutensiz parhez tutsangiz, unda retseptdagi bug’doy uni o’rniga ham makkajo’xori unidan solishni unutmang.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

150 gramm "Golden Corn" makkajo'xori uni
120 gramm bug'doy uni
300-350 millilitr qaynoq suv
50 gramm mak
4 dona olma
80 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i
80 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Makkajo'xori uni, shakar, mak va tuzni aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan qaynoq suv quyamiz, ustini sochiq bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Oshgan aralashma ustidaan un va qabartmani elab solamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yog'ni ham quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aylanasi 22 sm li qoliga yog' surtamiz va tubiga olmani parrak qilib to'g'rab, terib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ortgan olmalarni mayda to'rtburchak qilib to'g'rab, xamirga solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni qolipga quyamiz va 170 C darajada qizigan pechda 45-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgan pirogimizni biroz sovutib, so'ng qolipidan ajratamiz va ag'darib, likopchaga olamiz. Ana shunda olma bo'lakalari pirogning ustida ko'rinib turadi. Shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Instagramdagi rasmiy sahifa: goldencorn_uz

Facebookdagi rasmiy sahifa: Golden Corn

Reklama huquqi asosida

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

150 gramm "Golden Corn" makkajo'xori uni
120 gramm bug'doy uni
300-350 millilitr qaynoq suv
50 gramm mak
4 dona olma
80 millilitr "Golden Corn" makkajo'xori yog'i
80 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
oldingi
Lavashda qilingan pitsa
keyingi
Maroqandcha pomidorli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.