fbpx
Uyda tayyorlanilgan sarimsoqpiyozli suxariklar

Uyda tayyorlanilgan sarimsoqpiyozli suxariklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Suxariklarni sevib iste’mol qilasizmi? Agar ha bo’lsa, unda sizlarga sotuvdagilaridan-da mazali chiqadigan retseptni taqdim etamiz.

Bunday suxariklarni o’zini gazak sifatida, shuningdek salat va suyuq taomlarga qo’shimcha sifatida foydalanish mumkin.

Muhim! Buning uchun aslo eskirgan nondan foydalanmang.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 7 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

1 dona qora non
3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq to'la tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
Qadam 1
Tugallandi

Nonni to'rtburchak yoki sal uzunchoq shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Non bo'laklarini pech patnisiga terib, 150 C darajada qizigan pechda 10 daqiqa davomida quritib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kosachaga pista yog'i, ziravorlar, ezilgan sarimsoq piyoz, tuzni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Quritilgan suxariklarni kattaroq idishga olamiz. Ustidan yog'li aralashmani quyamiz.

Qo'lda yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Suxariklarni pech patnisiga terib, 150 C darajada qizigan pechda yana 20 daqiqa davomida quritamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Suxariklarni sovutib, so'ng konteynerga olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 dona qora non
3-4 osh qoshiq o'simlik yog'i
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq to'la tuz
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
oldingi
Batafsil fotoretsept: Bostoncha kremli tort
keyingi
Lavashda qilingan pitsa

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.