Videoretsept: «Bolonyeze» spagettisi
Masalliqlar:
-
300 gramm mol go'shtidan qiyma
-
1 bosh piyoz
-
1 ta sabzi
-
5 ta pomidoryoki o'zini sharbatida konservalangan pomidorlar
-
ta'bga qarab rozmarin
-
ta'bga qarab oregano
-
ta'bga qarab rayhon
-
ta'bga qarab tuz
-
ta'bga qarab achchiq qalampir
-
400 gramm spagetti
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
ustiga sepish uchun qattiq pishloq
Yo’nalishlar
“Bolonyeze” spagettisi – italyancha mashhur taomlaridan biridir. Bu taom o’zining yorqin ta’mi, to’yimliligi va oson tayyorlanishi tufayli ham ommalashib ketgan.
Ko’plab pazandachilik kitoblarida “Bolonyeze” qaylasini 3 soat davomida qaynatib pishirish kerakligi qayd etilgan. Ammo begim kunlari ovqat tayyorlashga ko’p vaqt sarflashga imkon bo’lmaydi. Shuning uchun biz sizga tezroq pishadigan, ammo ta’m borasida yon bermaydigan usulni taqdim etamiz.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 bosh piyoz | |
1 ta sabzi | |
5 ta pomidor | |
ta'bga qarab rozmarin | |
ta'bga qarab oregano | |
ta'bga qarab rayhon | |
ta'bga qarab tuz | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
400 gramm spagetti | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ustiga sepish uchun qattiq pishloq |
Piyoz mayda to'g'raladi va sal qovurib olinadi.
Mayda to'g'ralgan sabzi qo'shiladi va yana 5-7 daqiqa qovurib olinadi.
Qiyma solinadi va aralashtirilib, 5 daqiqacha qovuriladi.
So'ng pomidorlarning po'sti archiladi va to'rtburchak shaklda to'g'raladi. To'g'ralgan pomidorlar va ziravorlar qiymaga solinadi va qaynab chiqqanidan so'ng 30 daqiqaga dimlab qo'yiladi.
Spagetti al' dente darajasida qaynatiladi. Bir kishiga 100 grammdan spagetti to'g'ri keladi.
Tayyor spagettilar likopchaga tortiladi, ustidan qaylasi quyiladi va qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq sepib bezatiladi.
Mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 bosh piyoz | |
1 ta sabzi | |
5 ta pomidor | |
ta'bga qarab rozmarin | |
ta'bga qarab oregano | |
ta'bga qarab rayhon | |
ta'bga qarab tuz | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
400 gramm spagetti | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
ustiga sepish uchun qattiq pishloq |