Videoretsept: Olchali rogaliklar
Masalliqlar:
-
200 gramm margarin yoki sariyog'
-
200 gramm smetana
-
500-550 gramm un
-
bir chimdim tuz
-
2 choy qoshiq qabartma
-
400 gramm danagidan ajtarilgan olcha
-
ustiga sepish uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga ko’pchilik bolaligida sevib iste’mol qilgan olchali rogaliklar retseptini taqdim etamiz.
Xamir yanada xushbo’y chiqishi uchun unga vanil yoki dolchin solish, olchani esa yangi uzilgani yoki muzlatilganidan ham foydalanish mumkin.
Masalliqlar:
200 gramm margarin yoki sariyog' | |
200 gramm smetana | |
500-550 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
2 choy qoshiq qabartma | |
400 gramm danagidan ajtarilgan olcha | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |
Chuqurroq idishga un, qabartma va tuzni elab solamiz, ustidan xohishga qarab dolchin va vanil shakarini solib aralashtirib olamiz.
Quruq masalliqlar ustidan smetana va xona haroratida yumshagan sariyog'ni solamiz.
Aralashtirib, yumshoq xamir qorib olamiz.
So'ng xamirni teng ikkiga bo'lib, oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopamiz va 60 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamir bo'laklarini sovutgichdan olib, har birini yana ikkiga bo'lamiz va aylanasi 25-30 sm kattalikda yoyib olamiz.
Yoyilgan xamirni har bir teng 8 ta qismga bo'lib chiqamiz va ustidan 2-3 tadan olcha solib chiqamiz.
Olcha sharbati oqib ketmasligi uchun chetlarini buklab, so'ng rogalik shaklini beramiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan rogaliklarning ustidan shakar upasi sepib, iste'mol qilamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm margarin yoki sariyog' | |
200 gramm smetana | |
500-550 gramm un | |
bir chimdim tuz | |
2 choy qoshiq qabartma | |
400 gramm danagidan ajtarilgan olcha | |
ustiga sepish uchun shakar upasi |