Videoretsept: Xandon pista va ziravorlar qo’shib tayyorlangan qo’y to’shlari
Masalliqlar:
-
10 ta qo'y qovurg'alari
-
2 tishcha sarimsoqpiyoz
-
1 bosh piyoz
-
100 gramm sariyog'
-
4 bo'lak oq non
-
2 ta tuxum oqi
-
1 bog' shivit
-
100 gramm xandon pista
-
2 osh qoshiq zaytun moyi
-
ta'bga qarab achchiq qalampir
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Xandon pista va ziravorlar qo’shib tayyorlangan qo’y to’shlari – gaz pechida pishiriladigan juda mazali va haqiqiy bayramona ovqat hisoblanadi. Bu ovqat bayram dasturxoningizni bezashiga hech qanday shubha yo’q.
Tayyorlash jarayoniga bu ovqat ko’p vaqtni talab qilmasligi esa yangi yil kechasi barcha bekajonlar uchun ayni muddaodir. Pishiriq va salatlarni oldindan tayyorlab qo’yib, asosiy quyuq ovqatingizga 40 daqiqagina vaqt ajratib, qolgan vaqtringizni bemalol oila davrasidagi suhbat va sovg’alar taqdim qilish-u, qabul qilishlarga sarflayvering.
Masalliqlar:
10 ta qo'y qovurg'alari | |
2 tishcha sarimsoqpiyoz | |
1 bosh piyoz | |
100 gramm sariyog' | |
4 bo'lak oq non | |
2 ta tuxum oqi | |
1 bog' shivit | |
100 gramm xandon pista | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Blenderda shivit, xandon pista va sariyog' eziladi. Piyoz, sarimsoqpiyoz va non qo'shiladi va yana maydalaniladi.
Oq ko'pik holatiga kirguncha alohida idishda tuxum oqi yaxshilab ko'pirtiriladi.
Ko'pirtirilgan tuxum oqi ko'katlar va xandon pista qo'shilgan aralashmaga solinadi.
Tuz va murch sepiladi va silliq holatga kirguncha yaxshilab aralashtiriladi.
Achchiqroq ta'mni yoqtiruvchilar achchiq qalampir qo'shishlari mumkin.
Gaz pechi patnisiga maxsus yog'langan qog'oz to'shaladi va qo'y to'shlari terib chiqiladi.
Ustidan tayyor massa surtib chiqiladi.
Gaz pechi 220 C darajagacha qizdiriladi.
Go'sht ichi pushti rangda bo'lishini istasangiz 12-13 daqiqa, agar yaxshiroq pishishini xohlasangiz 20 daqiqa davomida pishirib olasiz.
Pishgan ovqatimiz gaz pechidan olinadi. ajralib chiqqan suvi ustidan quyiladi va zar qog'ozda 15-20 daqiqaga o'rab qo'yiladi.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
10 ta qo'y qovurg'alari | |
2 tishcha sarimsoqpiyoz | |
1 bosh piyoz | |
100 gramm sariyog' | |
4 bo'lak oq non | |
2 ta tuxum oqi | |
1 bog' shivit | |
100 gramm xandon pista | |
2 osh qoshiq zaytun moyi | |
ta'bga qarab achchiq qalampir | |
ta'bga qarab tuz va murch |