Videoretsept: Cho’pchalarga terib pishirilgan ikki xil asosli somsa
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
400 gramm un
-
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
-
120 millilitr iliq suv
-
30 millilitr o'simlik yog'i
-
1 dona tuxum
-
1.5 choy qoshiq tuz
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
-
1-asosiga:
-
200 gramm tovuq go'shti (lahm)
-
200 gramm piyoz
-
50 gramm dumba yog'i
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga qarab kashnich
-
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
2-asosiga:
-
200 gramm piyoz
-
300 gramm kartoshka
-
50 gramm dumba yog'i
-
1 bog' ismaloq
-
1 bog' ko'k piyoz
-
1 bog' shivit
-
ta'bga qarab kashnich
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Somsa bizlarning eng sevimli milliy taomlarimizdan biri bo’lib, bugun ularni sal boshqacharoq usulda pishirib ko’rishga qaror qildik.
Bu usulda qatlama xamir oson tayyorlaniladi, asosini esa ta’bingizga qarab tanlashingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm un | |
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
120 millilitr iliq suv | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
1 dona tuxum | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1-asosiga: |
|
200 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
200 gramm piyoz | |
50 gramm dumba yog'i | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab kashnich | |
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2-asosiga: |
|
200 gramm piyoz | |
300 gramm kartoshka | |
50 gramm dumba yog'i | |
1 bog' ismaloq | |
1 bog' ko'k piyoz | |
1 bog' shivit | |
ta'bga qarab kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Tog'orachaga suv, tuz, tuxum, sirka va o'simlik yog'ini solib aralashtirib olamiz.
Unni ela olamiz va ustidan suyuqlikni solib, o'rtacha yumshoqlikdagi xamir qorib olamiz.
Xamirni teng uchga bo'lib, ustini yopamiz va 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Tingan xamirni olib, har birini 1-2 mm yupqalikda yoyib olamiz.
Margarinni suv bug'i yoki mikroto'lqinli pechda eritib olamiz.
Birinchi xamir qavati ustidan eritilgan margarin surtamiz va ikkinchi xamir qavatini ustidan to'shab, yana margarin surtamiz. Uchinchi xamirni ham to'shab, yana margarin surtamiz.
Xamirni ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz.
Pichoq yordamida xamirlarni 5-6 sm qalinlikda kesib chiqamiz. Hozirgi xamirimizdan 12-14 dona somsa uchun kulchachalar chiqadi.
Kesilgan xamirlar likopchaga teriladi va usti yelim qog'ozda yopiladi. Xamirdagi margarin yaxshiroq qotishi uchun 10-15 daqiqa, iloji bo'lsa bir kechaga muzlatgichga yo'llanadi.
Asosini tayyorlaymiz
Asosi uchun barcha kerakli masalliqlarni to'g'rab, ikkita alohida idishga solamiz. Ziravorlarini sepib, aralashtirib olamiz.
Har bir xamir bo'lakchalari taxminan 0,7 mm qalinlikda, aylanasini esa 10 sm kattalikda yoyiladi.
Barchasini yoyib bo'lganingizdan so'ng qiymani taqsimlaysiz.
Zuvalachalarga ikki qoshiqdan ko'katli aralashmadan solamiz va aylana shaklda tugib olamiz.
Somsalar chiroyli chiqishi uchun ularni cho'pchalarga terib chiqamiz.
Pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramiz.
200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm un | |
200 gramm qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
120 millilitr iliq suv | |
30 millilitr o'simlik yog'i | |
1 dona tuxum | |
1.5 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
1-asosiga: |
|
200 gramm tovuq go'shti (lahm) | |
200 gramm piyoz | |
50 gramm dumba yog'i | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga qarab kashnich | |
ta'bga qarab quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
2-asosiga: |
|
200 gramm piyoz | |
300 gramm kartoshka | |
50 gramm dumba yog'i | |
1 bog' ismaloq | |
1 bog' ko'k piyoz | |
1 bog' shivit | |
ta'bga qarab kashnich | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |