Ispancha «churros» shirinligi
Masalliqlar:
-
250 millilitr suv
-
110 gramm yumshatilgan sariyog'
-
1/2 choy qoshiq vanilin
-
1/2 choy qoshiq tuz
-
135 gramm un
-
3 ta tuxum
-
700-800 millilitr o'simlik yog'i
-
Jigarrang shakari uchun:
-
50 gramm shakar
-
1/2 choy qoshiq dolchin
-
Shokoladli qaylasiga:
-
100 gramm shokoladli plitka
-
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
Yo’nalishlar
Churros — an’anaviy spancha shirinlik bo’lib, u qaynatma xamirdan tayyorlaniladi va ko’p miqdordagi yog’da qovurib olinadi. So’ng dolchin va shakar aralashmasiga botirilib, har xil qaylalarga botirilib, iste’mol qilinadi.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 22 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 millilitr suv | |
110 gramm yumshatilgan sariyog' | |
1/2 choy qoshiq vanilin | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
135 gramm un | |
3 ta tuxum | |
700-800 millilitr o'simlik yog'i | |
Jigarrang shakari uchun: |
|
50 gramm shakar | |
1/2 choy qoshiq dolchin | |
Shokoladli qaylasiga: |
|
100 gramm shokoladli plitka | |
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq |
Qozonchaga suv quyamiz, vanilin, sariyog' va tuz solib, gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz.
Gazdan olib, unni solamiz va tezda aralashtirib olamiz. So'ng yana 2 daqiqaga gazga qo'yib, muntazam aralashtirib turamiz. Shunda ortiqcha suyuqligi bug'lanib ketadi.
Xamirni sovutib, so'ng boshqa idishga olamiz.
Ikkita tuxumni solib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Qolgan bitta tuxumni alohida idishga solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz va ko'pirtirishni to'xtatmay, xamir bilan birlashtiramiz.
Xamirni qandolatchilik qopchasiga solamiz va "yulduzcha" uchligini qo'yamiz.
Qozonni gazga qo'yib, o'simlik yog'ini quyamiz. Yog'ning sathi 5 sm dan kam bo'lmasligi lozim.
Yog' yaxshilab qizigandan so'ng esa pishiriq qopchasidan to'g'ri yog'ga xamirlarni siqib chiqaramiz va qaychida kesamiz. Ikkala tomonini 2 daqiqadan qovuramiz. Bir martada 2-3 dan ko'p solish kerak emas.
Qovurilgan pishiriqlarni qog'oz sochiq ustiga solamiz.
Shakar va dolchinni aralashtirib, churroslarni ularga botirib chiqamiz.
Shokoladli qayla
Shokoladni suv bug'ida ertib olamiz. So'ng qaymoqni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.
Mazali shirinliklarni issiqligida dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 millilitr suv | |
110 gramm yumshatilgan sariyog' | |
1/2 choy qoshiq vanilin | |
1/2 choy qoshiq tuz | |
135 gramm un | |
3 ta tuxum | |
700-800 millilitr o'simlik yog'i | |
Jigarrang shakari uchun: |
|
50 gramm shakar | |
1/2 choy qoshiq dolchin | |
Shokoladli qaylasiga: |
|
100 gramm shokoladli plitka | |
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq |