fbpx
Yangi chiqqan kartoshkalar bilan pishirilgan tovuq

Yangi chiqqan kartoshkalar bilan pishirilgan tovuq

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yangi chiqqan kartoshkalar mavsumi ham boshlandi. Ulardan tezpishar va to’yimli taomlar retseptlarini berishni boshlaymiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo yangi chiqqan kartoshkalar
600 gramm tovuq sonlari
1 bosh sarimsoqpiyoz
1 osh qoshiq rozmarin
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Kartoshkalarni yaxshilab yuvamiz. KArtoshkalarni yelim xaltaga solamiz. Tuz va rozmarinni sepamiz. Ziravorlar hamma joyiga singishi uchun yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga yog' solib qizdiramiz. So'ng kartoshkalarni solib, har bir tomonini taxminan 2-3 daqiqadan qizartirib pishiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Gaz pechi patnisiga folga to'shab, ustidan qovurilgan kartoshkalarni terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovuq sonlarini yuvib, tuz va murch sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sarimsoqpiyozni ko'ndalangiga kesib, tovuq va kartoshka ustiga qo'yamiz. Folga bilan taom usti va chetlarini yopib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 1 soat davomida pishiramiz. Pishishidan 10 daqiqa oldin folgani olib tashlab, ustini qizartiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan taomni to'g'ralgan ko'katlar bilan birga dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo yangi chiqqan kartoshkalar
600 gramm tovuq sonlari
1 bosh sarimsoqpiyoz
1 osh qoshiq rozmarin
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
«Oreo» kapkeyklari
keyingi
Xamir xasip

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.