Brokkoli va pishloq solib pishirilgan tovuqli taom
Masalliqlar:
-
800 gramm tovuq filesi
-
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni
-
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
1 bosh brokkoli karami
-
1 dona qizil bulg'or qalampiri
-
50 gramm pishloq
-
1 osh qoshiq mayonez
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Bunday tovuqli taomdan bir marta ta’tib ko’rsangiz, yana va yana yegingiz kelaveradi. Bu yegulik nafaqat mazali, balki brokkoli va bulg’or qalampiri solinishi sababdan ham, juda foydali hamdir.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 27 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
800 gramm tovuq filesi | |
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 bosh brokkoli karami | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
50 gramm pishloq | |
1 osh qoshiq mayonez | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Pechni 180 C darajaga yoqib qo'yamiz.
Brokkolini tuzli suvda 4 daqiqa mobaynida qaynatib olamiz. So'ng to'rli suzgich(sito)ga olib, ustidan sovuq suv quyamiz.
O'rtacha kattalikdagi bo'laklarga bo'lamiz.
Bulg'or qalampirini urug'chalaridan tozalab, mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Pishloqni qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz.
Idishga brokkoli, pishloq, bulg'or qalampiri, mayonez va sarimsoqpiyoz kukunini solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.
Tovuq filesiga tuz, murch va quritilgan qalampirdan sepib olamiz. Chetki qismini kesib, "cho'ntakchalar" hosil qilamiz va aralashmadan solib, chetlarini tishkovlagich yordamida berkitamiz.
Tovuq filelarini yog' solinga tovada 1-2 daqiqadan qovurib olamiz.
So'ng ularni toblatmalarga mo'ljallangan qolipga terib, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Mazali kechki taom ham tayyor!
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
800 gramm tovuq filesi | |
1/2 choy qoshiq sarimsoqpiyoz kukuni | |
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 bosh brokkoli karami | |
1 dona qizil bulg'or qalampiri | |
50 gramm pishloq | |
1 osh qoshiq mayonez | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |