Pishloq solib pishirilgan tovuqli naggetslar
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq filesi
-
50 gramm parmezan pishlog'iyoki boshqa qattiq pishloq
-
80 gramm maydalangan suxari
-
2 ta tuxum
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Agarda siz tushlikka tez va oson tayyorlaniladigan taom retseptini axtarayotgan bo’lsangiz, unda hech ikkilanmasdan naggetslardan tayyorlab ko’ring.
Ularga pishloqning solinishi esa yanada sersuv bo’lib pishishiga sabab bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
50 gramm parmezan pishlog'i | |
80 gramm maydalangan suxari | |
2 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Tovuq go'shtini mayda to'g'rab olamiz, pishloqni esa qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz.
Tovuq go'shti va pishloqni birlashtirib, tuz, murch va paprikani sepamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Qiymadan katta bo'lmagan kotletchalar yasab olamiz.
Idishga tuxumni chaqib solamiz va atalaymiz, alohida idishga esa suxarilarni solamiz.
Kotletchalarni avval tuxumli aralashmaga, so'ng suxarilarga belab olamiz.
Tovaga yog' solib qizdiramiz va nagetslarni solib qovuramiz. Tillarangga kirganidan so'ng ag'darib, olovni pasaytiramiz va past olovda dimlab pishiramiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
50 gramm parmezan pishlog'i | |
80 gramm maydalangan suxari | |
2 ta tuxum | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1/4 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
1 Sharhlar Hide Comments
Zo’r gap yo’