fbpx
Qovoqchadan quyuq sho’rva

Qovoqchadan quyuq sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda siz hali bunday sho’rvani tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz – tezda xatoingizni tuzatib oling!

Garchi barcha quyuq sho’rvalar juda tez tayyorlanilsada, ta’mi hayratda qoldiradigan darajada ajoyib bo’ladi. Siz bunday ovqat tayyorlamagan bo’lsangiz, hozir ayni muddao. Chunki yurtimizda hali ham yoz fasli, bozor rastalari esa turli-tuman sabzavotlar bilan liq to’la.

Biz bugun tayyorlaydigan sho’rva sizdan uncha ko’p bo’lmagan masalliqlar, ya’ni : qovoqcha, kartoshka, piyoz, sarimsoqpiyoz, sut, qaymoq va ta’bga ko’ra ziravorlarni talab qiladi.

Qaysi masalliqni kamroq, qaysisini esa ko’proq solish esa o’zingizning ta’bingizga bog’liq. Asosiysi, tayanch qonun-qoidalar, ya’ni nima qachon solinishini bilib olsangiz bo’lgani.

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta qovoqcha
1 ta kartoshka
50 gramm sariyog'
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 gramm qaymoq
1 bosh piyoz
2 ta tishchasi sarimsoqpiyoz
vaziyatga qarab sut
vaziyatga qarab bulyon
Qadam 1
Tugallandi

Qozoncha/tova/sirli idish, birontasida sariyog' va o'simlik yog'i eritib olinadi. Piyoz va sarimsoqpiyoz yengil qovurib olinadi. Eslab qoling, qovurish jarayonida piyoz qizarib ketishi mumkin emas, chunki sho'rvamizning ta'mi mayin bo'lishi kerak. Keyin sabzavotlar solinadi. Menga qovoqchalar ko'proq solingan sho'rva ta'mi ko'proq yoqadi, taxminan quyidagicha: 3 ta qovoqcha va 1-2 ta kartoshka. Barcha sabzavotlar yaxshilab aralashtiriladi va ustidan xohishga qarab oddiy suvni o'rniga sut yoki bulyon quyilsa ham bo'ladi. Ovqatga solinadigan suyuqlik barmoq bilan o'lchanganda bitta barmoqday, undan oshmasligi kerak. Sho'rva qaynash darajasiga yetkaziladi, tuzi rostlanadi, olovi pasaytirilib, tayyor bo'lgunicha, taxminan 7-10 daqiqa davomida qaynatiladi. Keyin tayyor ovqat blender yordamida eziladi. Oldindan sho'rva suvi alohida idishga solinib, ezilgandan so'ng holatiga qarab yana qo'shiladi. Aralashma silliq holatga kelgandan so'ng esa, qayta gaz plitasi ustiga qo'yiladi, 100 gramm qaymoq qo'shiladi va murch solinadi. Agarda sho'rva quyuq bo'lsa, biroz suyuqlik solinadi. Qaynash jarayoni boshlangan zahoti olov o'chiriladi- quyuq sho'rva tayyor!
Bu sho'rva quritilgan non bo'lagi yoki sarimsoqpiyoz qo'shilgan non bilan dasturxonga tortiladi.

Qadam 2
Tugallandi

Muallif: Sitora

  • Portsiya 3
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta qovoqcha
1 ta kartoshka
50 gramm sariyog'
2-3 osh qoshiq o'simlik yog'i
100 gramm qaymoq
1 bosh piyoz
2 ta tishchasi sarimsoqpiyoz
vaziyatga qarab sut
vaziyatga qarab bulyon
oldingi
Qizil lavlagili yaxna sho’rva
keyingi
Cho’pchalarda pishirilgan tovuq

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.