Qo’ziqorinli qaylada pishirilgan kotletlar
Masalliqlar:
-
400-500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
1 dona tuxum
-
100 gramm piyoz
-
1/4 stakan maydalangan suxari
-
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
200 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar
-
50 gramm sariyog'
-
3 osh qoshiq un
-
2 choy qoshiq Vustershir qaylasi
-
500 millilitr suv yoki bulyon
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Bir qarashda oddiy tuyuladigan kotletlarni ham umuman o’zgacha ta’mda tayyorlash mumkin.
Bunday kotletlarni qaymoq-qo’ziqorinli qayla bilan pishirib ko’ring, mazasi sizni lol qoldiradi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400-500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 dona tuxum | |
100 gramm piyoz | |
1/4 stakan maydalangan suxari | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
200 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
50 gramm sariyog' | |
3 osh qoshiq un | |
2 choy qoshiq Vustershir qaylasi | |
500 millilitr suv yoki bulyon | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Piyozni mayda to'rtburchak, qo'ziqorinlarni esa yupqa parrak qilib to'g'rab olamiz.
Qiyma, piyoz, tuxum, maydalangan suxarini bitta idishga solamiz, tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.
Qiymali aralashmadan 1 sm qalinlikdagi kotletlar yasab olamiz.
Tovaga yog' solib qizdiramiz va kotletlarni solib, har bir tarafidan 4-5 daqiqadan qovurib olamiz.
Likopchaga terib, ustini folga bilan yopamiz.
Shu tovaga sariyog'ni yarmini solib, qo'ziqorinlarni 2-3 daqiqa davomida qovurib olamiz. Ustidan soya yoki Vustershir qaylasidan quyamiz, un va tuz sepamiz. Bulyonni ham quyib, quyuqlashishni boshlaguncha aralashtirib qaynatamiz.
Qolgan sariyog'ni ham solib, eritib olamiz. So'ng kotletlarni qayla ustiga terib, 5-6 daqiqa davomida pishiramiz. Agar qayla juda tez quyulib ketsa, unda ozroq suv soling.
Kotletlarni kartoshkali pyure yoki biror bir salat bilan birga dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400-500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
1 dona tuxum | |
100 gramm piyoz | |
1/4 stakan maydalangan suxari | |
1 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
200 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
50 gramm sariyog' | |
3 osh qoshiq un | |
2 choy qoshiq Vustershir qaylasi | |
500 millilitr suv yoki bulyon | |
ta'bga qarab tuz va murch |