Italyancha pomidor qaylali spagetti
Masalliqlar:
-
300 gramm pomidor
-
100 gramm pomidor pastasi
-
20 gramm sariyog'
-
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz
-
2-3 ta bargi yashil rayhon
-
3-4 osh qoshiq zaytun moyi
-
1 osh qoshiq shakar
-
ta'bga qarab tuz
-
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir
-
30 millilitr suv
-
400 gramm spagetihar bir kishiga 100 grammdan
Yo’nalishlar
Italyancha pomidor qaylali spagetti – bu haqiqiy italiyaliklarga xos taom hisoblanadi. Bu ovqat mol va baliq go’shtisiz – faqatgina pasta, pomidor, ziravor o’tlar va zaytun moyidan tarkib topgan.
Bu ovqatning «tez va oddiy tayyorlanilishi, shu bilan birga juda mazzaliligi» xuddi barcha italyan oshxonalaridek o’ziga xos xususiyatdir. Bu ovqat bor yo’g’i 15-20 daqiqada tayyorlansada, ta’mi juda betakror hisoblanadi.
Masalliqlar:
300 gramm pomidor | |
100 gramm pomidor pastasi | |
20 gramm sariyog' | |
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
2-3 ta bargi yashil rayhon | |
3-4 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 osh qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz | |
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir | |
30 millilitr suv | |
400 gramm spageti |
Pomidorlar po'stidan tozalaniladi va kichik to'rtburchak shaklda to'g'raladi.
Tovaga zaytun yog'i quyiladi va ustidan tozalangan sarimsoqpiyoz tishchalari, maydalangan achchiq qalampir va rayhon solinadi.
Sarimsoqpiyoz va rayhon mazzasi chiqishi uchun biroz qovurib olinadi.
Sarimsoqpiyoz va rayhon tovadan olinadi , to'g'ralgan pomidorlar solinib ozroq dimlanadi va ustidan pomidor pastasi solinadi.
Zaruriyatga qarab suv qo'shiladi.
Bu bosqichda esa ta'mini me'yorlashtirish uchun xohishga qarab shakar va tuz sepiladi.
Tayyor bo'lgan qaylaga sariyog' va rayhon bargi butunligicha solinadi.
Gaz plitasi ustidan olinadi va 20 daqiqaga tindirib qo'yiladi.
Biroz sovigan qaylaga zaytun moyi qo'shilib blenderda maydalaniladi.
Qayla to'q-sariq rangga kirishi kerak.
Qaylaning ko'proq miqdori tovaga solinadi.
Spagetti tuzli suvda qaynatib olinadi.
Tayyor spagetti tovaga, qaylani ustiga solinib aralashtiriladi va isitib olinadi.
Keyin likopchaga suziladi va ustiga qolgan qayla solinib, dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalimizga a'zo bo'ling va har doim yangi retseptlarimiz markazida bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm pomidor | |
100 gramm pomidor pastasi | |
20 gramm sariyog' | |
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
2-3 ta bargi yashil rayhon | |
3-4 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 osh qoshiq shakar | |
ta'bga qarab tuz | |
ta'bga qarab yanchilgan achchiq qalampir | |
30 millilitr suv | |
400 gramm spageti |