Karam solib pishirilgan tovuqli pirog
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq filesi
-
300 gramm karam
-
60 gramm qizil sabzi
-
50 gramm piyoz
-
yarim choy qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar
-
ta'bga qarab tuz
-
20 gramm pishloq
Yo’nalishlar
Tovuq go’shti va dimlangan sabzavotlar solib tayyorlaniladigan rulet juda mayin va lazzatli ta’mda chiqib, parhez tutuvchilar uchun ham zararsiz yegulik hisoblanadi.
Bu retsept uchun bizlar tovuqli qiymadan foydalandik, siz esa xohishga qarab, kurka go’shtidan ham ishlatishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
300 gramm karam | |
60 gramm qizil sabzi | |
50 gramm piyoz | |
yarim choy qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar | |
ta'bga qarab tuz | |
20 gramm pishloq |
Gaz pechini 180 C darajaga yozib qo'yamiz.
Tovuq go'shtini blender yoki go'shtqiymalagichdan chiqarib olamiz.
Karamni yupqa somoncha shaklda, piyozni to'rtga bo'lib, yupqa to'g'rab olamiz. Sabzini qirg'ichning katta tishchasidan chiqarib olamiz.
Barcha sabzavotlarni tovaga solib, biroz qovurib olamiz, so'ng yarim stakan suv solib, yumshagunicha dimlab pishiramiz. Tuz va tovuqqa mo'ljallangan ziravorlardan sepamiz. Yoki paprika, qora murch va quritilgan sarimsoqpiyoz kukunidan sepamiz.
Pirog pishganidan so'ng olish qulayroq bo'lishi uchun iloji bo'lsa uni silikon qolipda pishirish kerak. Qolip ostiga qiymaning 3/4 qismini solamiz, o'rtasiga dimlangan sabzavotlarni solamiz va ustidan qolgan qiymani ham solib, ustini tekislab chiqamiz.
Xohishga qarab, ustidan pishloqni qirg'ichdan chiqarib sepamiz. 180 C darajada qizdirilgan pechda 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq filesi | |
300 gramm karam | |
60 gramm qizil sabzi | |
50 gramm piyoz | |
yarim choy qoshiq tovuqqa mo'ljallangan ziravorlar | |
ta'bga qarab tuz | |
20 gramm pishloq |