fbpx
Original ko’rinishdagi sosiskali bulochkalar

Original ko’rinishdagi sosiskali bulochkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Farzandlaringizga original ko’rinishdagi sosiskali bulochkalardan tayyorlab bering, ularga yoqishi aniq. Bundan tashqari bunday yeguliklar maktabga olib borishga ham juda qulay. Bunday yegulikni tayyorlash juda oson bo’lib, yarim soatgina bo’sh vaqt kerak bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 o'ram tayyor oshirma xamir
6 dona sosiska
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 200 C darajaga qizdiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tayyor xamirni olib, 6 ta bo'lakka bo'lamiz va har birini sosiskalar uzunligiga teng yoyib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sosiskalarni har birini bittadan xamir ustidan qo'yamiz, chetlarini yopishtirib chiqamiz. Xamir bilan sosiskani qoplaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirlarni chokli tomonini pastga qilib, patnisga teramiz. So'ng pichoq bilan har bir xamirni olti marta kesib chiqamiz. Bunda xamirning ustki qismi, sosiskalarni kesamiz, pastki xamirga esa tegmaymiz. Kesilgan bo'laklarni har tarafga qaratib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 o'ram tayyor oshirma xamir
6 dona sosiska
oldingi
Parhezbop sinnabon bulochkalari
keyingi
Kefir solib pishirilgan mazali pechenyelar

2 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.