Oshirma xamirdan tayyorlangan tvorogli o’rama
Masalliqlar:
-
500 gramm un
-
30 gramm sariyog'
-
75 gramm 5-9 % li tvorog
-
1 dona tuxum
-
12 gramm shakar
-
0.5 choy qoshiq tuz
-
250 millilitr sut
-
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
-
ustiga sepish uchun kunjut
Yo’nalishlar
Ba’zida issiqqina uyda o’tirib, choy bilan yeyishga yumshoq bulochkalardan iste’mol qilish istagi tug’iladi. Shunday paytlarda tvorogli o’rama retsepti sizlarga asqotadi.
Bu bulochkalarning ichi paxtadek yumshoq, usti esa qarsildoq bo’lib pishadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm un | |
30 gramm sariyog' | |
75 gramm 5-9 % li tvorog | |
1 dona tuxum | |
12 gramm shakar | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
250 millilitr sut | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |
Unni elab tog'oraga solamiz, ustidan xamirturush, yumshagan sariyog', pastasimon silliq tvorog, tuxum, shakar va tuzni solamiz.
Oz-ozdan iliq sut solib, yumshoqina xamir qorib olamiz.
Xamirni kattaroq idishga olib, ustini sochiq bilan yopamiz va 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Bu vaqt mobaynida xamir 2-3 karraga oshadi.
Oshgan xamirni teng 3 ga bo'lamiz va har biriga aylana shakl berib, ustini 10 daqiqaga sochiq bilan yopib qo'yamiz.
So'ng har bir xamir bo'lagini uzun lentasimon qilib yoyamiz va naycha "jgut"simon shakl beramiz. Uchala xamir uchini birlashtirib, xuddi soch o'rgandek o'rab chiqamiz.
O'rama xamirni pergament qog'oz to'shalgan patnisga olamiz va ustini yopib, yana 20-30 daqiqaga qoldiramiz.
Pishirishdan oldin tuxum sarig'idan surtib, kunjutdan sepib chiqamiz.
190 C darajada qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm un | |
30 gramm sariyog' | |
75 gramm 5-9 % li tvorog | |
1 dona tuxum | |
12 gramm shakar | |
0.5 choy qoshiq tuz | |
250 millilitr sut | |
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i | |
ustiga sepish uchun kunjut |
1 Sharhlar Hide Comments
Sedana emas kunjut deng aylanay?