Gaz pechida pishirilgan qo’y sonlari
Masalliqlar:
-
2.5 kilo qo'y soni
-
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
yarimta limon
-
4-5 osh qoshiq zaytun moyi
-
1 choy qoshiq kashnich
-
1 osh qoshiq xantal donachalari
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Mayin va juda sersuv bo’lib pishadigan qo’y oyoqlari har kunlik taom sifatida ham, bayram dasturxoni uchun ham ajoyib tanlov bo’la oladi. Hozir esa oddiy qo’y oyoqlaridan qanday qilib shohona taom tayyorlash mumkinligi haqida gapirib beramiz.
Bu retseptda go’shtning bir kun oldin marinadlab qo’yilishi qulayligi bilan bizga yoqdi. Ammo i pishgandan so’nh uni darhol iste’mol qilish kerak. Shu sabab ham mehmon kutayotganda albatta shu taomdan tayyorlang, juda mazali chiqadi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 140 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2.5 kilo qo'y soni | |
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
yarimta limon | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 choy qoshiq kashnich | |
1 osh qoshiq xantal donachalari | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Marinadni tayyorlab olamiz: tuz, murch, zaytun yog'i, limon sharbati, xantal donachalari va kashnichni solib aralashtirib olamiz.
Qo'y sonlariga qaraymiz, agarda yog' qavatlari qalin bo'lsa, ozrog'ini kesib tashlaymiz. Bir nechta joyini nomiga kesib-kesib chiqamiz.
Sarimsoqpiyoz tishchalarini ten ikkiga bo'lib, go'shtga ishqalab surtib chiqamiz.
Marinadlangan go'shtni 12-24 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.
Marinadlangan go'shtlarni folgaga o'rab, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechida 1,5 soat, so'ng folgani olib tashlab yana 0,5 soat pishiramiz.
Tayyor taomni dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2.5 kilo qo'y soni | |
5-6 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
yarimta limon | |
4-5 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 choy qoshiq kashnich | |
1 osh qoshiq xantal donachalari | |
ta'bga qarab tuz va murch |