Suli yormasidan tayyorlangan parhezbop pechenyelar
Masalliqlar:
-
75 gramm suli yormasi uni
-
75 gramm bodom uni
-
1 dona tuxum
-
7-8 dona finik (eron xurmosi)
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1/4 choy qoshiq tuz
-
1 choy qoshiq dolchin
-
1 choy qoshiq vanil ekstrakti
-
50 gramm sariyog'
-
1 choy qoshiq kakaoxohishga qarab
Yo’nalishlar
Mazali pishiriqlardan iste’mol qilib, semirishni istovchilarga bu retseptimiz juda yoqadi. Bu pechenyelarga un va shakar solinmasdan, faqat foydali mahsulotlar pishiriladi.
100 gramm yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati: 278.59 kKal bo’lib, oqsillar— 5.48 gr, yog’lar— 14.41 gr, uglevodlar esa — 33.16 gr ni tashkil etadi.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 27
000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.`
Masalliqlar:
75 gramm suli yormasi uni | |
75 gramm bodom uni | |
1 dona tuxum | |
7-8 dona finik (eron xurmosi) | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq dolchin | |
1 choy qoshiq vanil ekstrakti | |
50 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq kakao |
Gaz pechini 150 C darajagacha qizdirib olamiz.
Eron xurmosini 10-15 daqiqa qaynoq suvga ivitib qo'yamiz. So'ng danaklaridan tozalab, mayda to'g'rab olamiz.
Alohida idishga barcha quruq masalliqlarni solib, aralashtirib olamiz: suli yormasi uni, bodom uni, qabartrma, tuz, dolchin. Kakao esa ta'bga qarab solinishi yoki solinmasligi ham mumkin.
Tuxumni esa mikser yordamida 3-4 daqiqa, yumshoq ko'pikka aylangunga qadar ko'pirtirib olamiz.
Sariyog'ni eritib, tuxum ustidan vanil ekstrakti bilan birga solamiz.
Tuxumli aralashma ustiga quruq masalliqlar va maydalangan finiklarni solamiz, aralashtirib yelim xaltaga solamiz va 20 daqiqa muzlatgichga olib qo'yamiz.
So'ng xamirni muzlatgichdan olamiz va undan pechenyelar yasab olamiz. Bunda yasaydigan aylana shakllarni qattiqroq siqib, so'ng shakl bering. Ana shunda ular pishish jarayonida ham o'z shaklini yo'qotmaydi.
Pechenyelarni 150 C darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa pishiramiz, so'ng haroratni 180 C ga ko'tarib, 8-10 daqiqa sal qizartirib olamiz.
Agarda shunda ham ichi xomroq qoladigan bo'lsa, unda 170 C darajada 10-12 daqiqa pishiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
75 gramm suli yormasi uni | |
75 gramm bodom uni | |
1 dona tuxum | |
7-8 dona finik (eron xurmosi) | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
1 choy qoshiq dolchin | |
1 choy qoshiq vanil ekstrakti | |
50 gramm sariyog' | |
1 choy qoshiq kakao |