Xamir bo’lakchalari solib pishirilgan tovuq sho’rva
Masalliqlar:
-
500 gramm tovuq go'shti
-
400 gramm kartoshka
-
100 gramm piyoz
-
100 gramm sabzi
-
2 ta tuxum
-
6 osh qoshiq un
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1-2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga qarab lavr yaprog'i
-
2.5 litr suv
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
birga tortish uchun ko'katlar
Yo’nalishlar
Sizlarga mazali va to’yimli, yumshoqqina xamirlardan solib pishiriladigan tovuq sho’rva retseptini taqdim etamiz.
Aytgancha, bunday xamir bo’lakchalarini nafaqat tovuq sho’rva, balki mol go’shtidan tayyorlangan va sabzavotli sho’rvalarga ham solish mumkin.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 27 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq go'shti | |
400 gramm kartoshka | |
100 gramm piyoz | |
100 gramm sabzi | |
2 ta tuxum | |
6 osh qoshiq un | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1-2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab lavr yaprog'i | |
2.5 litr suv | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
birga tortish uchun ko'katlar |
Barcha sabzavotlar va tovuq go'shtini to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Qozonga o'simlik yog'ini solib qizdiramiz, tovuq go'shtini solib, qovuramiz.
Piyoz va sabzini solib, 5 daqiqa davomida qovuramiz.
Paparikani solib, aralashtirib olamiz.
Ustidan suv quyib, qaynash darajasiga keltiramiz.
Tuz sepamiz, kartoshka va lavr bargini solib, 20 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.
Xamir tayyorlab olamiz
Tuxum ga 0.5 choy qoshiq tuz solib aralashtiramiz, ustidan esa unni solamiz. Xamir cho'ziluvchan va quyuq smetanadek bo'lishi lozim. Un biroz kamroq yoki ko'proq ketishi mumkin. Bu unning sifati va tuxumlarning hajmiga bog'liq.
Choy qoshiq uchida xamirdan olamiz va tovuq sho'rvaga shu tariqa solib chiqamiz.
Bir oz muddat qaynatgandan so'ng xamir bo'lakchalari sho'rva yuzasiga suzib chiqadi. Sho'rvamiz tayyor!
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tovuq go'shti | |
400 gramm kartoshka | |
100 gramm piyoz | |
100 gramm sabzi | |
2 ta tuxum | |
6 osh qoshiq un | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1-2 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga qarab lavr yaprog'i | |
2.5 litr suv | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
birga tortish uchun ko'katlar |