Videoretsept: apelsinli maffinlar
Masalliqlar:
-
1 dona apelsin
-
2 ta tuxum
-
150 gramm shakar
-
100 gramm yumshatilgan sariyog'yoki margarin
-
200 gramm un
-
1,5 chit qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
150 gramm eritilgan qora shokolad
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga apelsin sharbati solib pishiriladigan, usti esa eritilgan shokolad va apelsin poʻsti bilan bezatiladigan mazali maffinlar retseptini taqdim etamiz.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 20 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 dona apelsin | |
2 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
200 gramm un | |
1,5 chit qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm eritilgan qora shokolad |
Sariyogʻ xona haroratida yumshashi uchun oldinroq sovutgichdan olib qoʻyamiz.
Gaz pechini 180 C darajaga yoqib qoʻyamiz.
Un bilan qabartmani kattaroq idishga ekan solamiz, ustidan bir chimdim tuz sepamiz.
Apelsin poʻstini qirgʻichdan chiqarib olamiz, sharbatini siqib chiqaramiz.
Sariyogʻni shakar va vanil shakari bilan birga koʻpirtirib olamiz. Ustidan tuxumni solib, yana koʻpirtiramiz.
Aralashma ustidan apelsin sharbati va elangan unni solib, qoshiqda aralashtiramiz.
Xamirni qolipchalarga solib, 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Tishkovlagich tiqib koʻramiz, agar quruq chiqsa demak maffinlar tayyor.
Eritilgan shokoladni maffinlar ustidan quyamiz va apelsin poʻstini sepib, bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 dona apelsin | |
2 ta tuxum | |
150 gramm shakar | |
100 gramm yumshatilgan sariyog' | |
200 gramm un | |
1,5 chit qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
150 gramm eritilgan qora shokolad |