fbpx
Gaz pechida pishirilgan quymoqchalar

Gaz pechida pishirilgan quymoqchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Gaz pechida pishirilgan quymoqchalar un va shakarsiz tayyorlanilishi sabab ham kam kaloriyali bo’lib, ajoyib yegulik hisoblanadi.

100 gramm yegulikning taxminiy ozuqaviy qiymati: 179.95 kKal bo’lib,  — 13.12 gr, yog’lar — 6.84 gr, uglevodlar — 15.82 gr.

Masalliqlar:

200 gramm 5-9 % li tvorog
2 ta tuxum
3 osh qoshiq guruch uni
2 choy qoshiq asal
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Gaz pechini 200 C darajaga yoqib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bunday quymoqchalar tayyorlash uchun tvorog quruq va yog'siz bo'lishi shart. Agarda bunday tvorogdan topa olmasangiz, unda tvorogni doka ro'molga solib, 2-3 soatga ilib qo'ying va undan so'nggona ishlating.

Tvorogga yog', tuxum, asalni solib aralashtirib olamiz. So'ng guruch uni, tuz va qabartmani solib, silliq bo'lgunicha aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Aralashmadan koptokchalar yasab olamiz va pergament qog'oz to'shalgan patnisga terib, 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm 5-9 % li tvorog
2 ta tuxum
3 osh qoshiq guruch uni
2 choy qoshiq asal
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
1 choy qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Sosiskali bulochkalar
keyingi
Baliqli kotletlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.