fbpx
Videoretsept: makkajo’xori unidan tayyorlangan bananli pankeyklar

Videoretsept: makkajo’xori unidan tayyorlangan bananli pankeyklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda siz anchadan beri makkajo’xori unidan foydalanmoqchi bo’lib yurgan bo’lsangiz, unda avval bananli pankeyklardan tayyorlab ko’ring. Bananlar solingan, dolchin isiga to’yintirilgan pankeyklar juda mazali ta’mda chiqadi.

Masalliqlar:

3 ta banan
250 gramm makkajo'xorining uni
65 gramm shakar
360 millilitr sut
1 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qabartma
2 choy qoshiq vanil shakari
2 choy qoshiq dolchin
Qadam 1
Tugallandi

Bananlarni sanchiq bilan ezib maydalaymiz, ustidan shakar, qo'ng'ir shakar va vanilinni solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sut solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng makkajo'xori uni, tuz va dolchinni solib aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga yog' solib qizdiramiz va ⅓ cup qoshig'i yoki muzqaymoqqa mo'ljallangan qoshiqda solsangiz, pankeyklar bir xilda o'lchamda chiqadi.

Qadam 5
Tugallandi

Birinchi tomonidan 3-5 daqiqa qovuramiz, ag'dargandan so'ng esa 2-3 daqiqa qovuramiz.

Xohlagan mevalar bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3 ta banan
250 gramm makkajo'xorining uni
65 gramm shakar
360 millilitr sut
1 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qabartma
2 choy qoshiq vanil shakari
2 choy qoshiq dolchin
oldingi
Qaymoqli qaylada pishirilgan tovuq oshqozonchalari
keyingi
Brinza bilan pishirilgan sabzavotlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.