fbpx
«Jezerye» turkcha shirinligi

«Jezerye» turkcha shirinligi

Taomlari:

    Masalliqlar:

    Yo’nalishlar

    Sayyohlar ko’pincha olib kelishadigan mazali «Jezerye» shirinligi oddiy sabzidan tayyorlanilar ekan. Ishonish qiyin, shunday emasmi? Kelinglar, biz ham tayyorlab ko’ramiz!

    Tayyorlaniladigan shirinlikka taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Masalliqlar:

    400 gramm qizil sabzi
    200 gramm shakar
    50 gramm yong'oq
    200 millilitr suv
    bulg'ab olish uchun ozroq kakos qirindisi
    Qadam 1
    Tugallandi

    Qozonchaga qirg'ichdan chiqarilgan sabzi, 100 millilitr suv va shakar solamiz.

    Past olovda suvi bug'lanib ketguniga qadar qaynatamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Yana 100 ml suvni solamiz va sabzi pyuresimon holataga kirguniga qadar qaynatib pishiramiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Sabxi tayyor bo'lganini tekshirish uchun undan ozroq olamiz, ikkta barmoq o'rtasida ushlab unga aylana yoki uzunchoq shakl beramiz, agar bu amalga oshsa demak tayyor. Agar tayyor bo'lmasa, unda yana qaynatamiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Tayyor pyurega maydalangan yong'oqdan solib, aralashtirib olamiz. Uzunchoq yoki to'rtburchak qolipga aralashmadannsolamiz, balandligi 1,5 sm dan oshmasligi kerak.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Ustini oziq-ovqal pelyonkasini teqqizib yopamiz va 3-4 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng olib, bo'laklarga kesib chiqamiz va kakos qirindisiga bulg'ab olamiz.

    Desertimiz tayyor, uni choy bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    400 gramm qizil sabzi
    200 gramm shakar
    50 gramm yong'oq
    200 millilitr suv
    bulg'ab olish uchun ozroq kakos qirindisi
    oldingi
    Kunjutli pechenye
    keyingi
    «Sinnabon» bulochkasi (cinnabon)

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.