Tovuqli rulet
Masalliqlar:
-
700 gramm tovuq go'shti
-
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 bog' shivit
-
1 bog' petrushka
-
1,5 osh qoshiq jelatin
-
1 choy qoshiq tuz
-
ta'bga qarab qora murch
Yo’nalishlar
Uyda tayyorlanilgan tovuqli rulet kolbasa mahsulotlarini o’rnini bosuvchi ajoyib yegulikdir. Bunga kerakli masalliqlar esa juda oddiy.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 20 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
700 gramm tovuq go'shti | |
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 bog' shivit | |
1 bog' petrushka | |
1,5 osh qoshiq jelatin | |
1 choy qoshiq tuz | |
ta'bga qarab qora murch |
Tovuq go'shtini o'rtacha kattalikda to'g'rab olamiz.
Ko'katlarni mayda to'g'raymiz.
Sarimsoqpiyozni ezib maydalaymiz.
Hammasini bitta idishga solamiz, ko'katlar va sarimsoqpiyozni solamiz, tuz va murch sepamiz, jelatinni o'zini h solamiz. Uni suvga ivitib qo'yish shart emas. Hammasini yaxshilab aralashtiramiz. 25 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
So'ng aralashmani zar qog'ozga solamiz, ruletsimon shaklga keltiramiz va chetlarini zich qilib olamiz. Yana bir marta zar qog'oz ya'ni folga bilan o'raymiz. 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgandan so'ng olovni o'chirib, gaz pwchini o'zida sovutamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
700 gramm tovuq go'shti | |
3-4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 bog' shivit | |
1 bog' petrushka | |
1,5 osh qoshiq jelatin | |
1 choy qoshiq tuz | |
ta'bga qarab qora murch |