Sabzavotli lazanya
Masalliqlar:
-
150 gramm lazanya uchun pasta
-
2 dona bulg'or qalampiri
-
2 dona qovoqcha
-
2 dona piyoz
-
500 gramm po'stidan tozalangan pomidor
-
150 gramm motsarella pishlog'i
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
ta'bga qarab oregano
-
yarim bog' yashil rayhon
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Sabzavotli lazanya garchi go’shtsiz tayyorlanilsa ham, hech bir go’shtxo’rni befarq qoldirmaydi.
Tez tayyorlanib, umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 14 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
150 gramm lazanya uchun pasta | |
2 dona bulg'or qalampiri | |
2 dona qovoqcha | |
2 dona piyoz | |
500 gramm po'stidan tozalangan pomidor | |
150 gramm motsarella pishlog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab oregano | |
yarim bog' yashil rayhon | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Qaylani tayyorlaymiz
Tovaga o'simlik yog'ini solib, qizdirib olamiz.
Pomidorni blenderda maydalaymiz yoki qirg'ichdan chiqarib olamiz.
Pomidorlarni tovaga solamiz, tuz, murch va oregano sepamiz. Sarimsoqpiyozni ham maydalab solamiz va past olovda quyuqlashguniga qadar pishiramiz.
Asosini tayyorlab olamiz
Qizil bulg'or qalampiri, piyoz va qovoqchani mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.
Qozonga yog' solib, piyozni qovurib olamiz.
Ustidan qovoqcha va bulg'or qalampirini solib, 5 daqiqa qovuramiz.
Ular qovurilayotganda tez-tez pishloqni qirg'ichdan chiqartiramiz.
Lazanya uchun to'rtburchak qolipdanbfoydalanish kerak.
Qolipga qayladan surtib chiqamiz va ustidan lazanyaga mo'ljallanilgan pastani teramiz. Pastani bir-biriga iloji boricha zich qilib tering. So'ng ustidan yana pomidorli qayla, ustidan sabzavotlardan solamiz. Qirg'ichdan chiqarilgan pishloqdan sepamiz.
Har bir qavatini shu usulda tayyorlaymiz. Pasta nechi qavat bo'lishi qolipingizga bog'liq bo'lib, lekin bizlar uni 3 qavatdan kam qilmaslikni tavsiya qilamiz.
Lazanyani 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-50 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgandan so'ng esa 10 daqiqa dam berib, undan so'ng dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
150 gramm lazanya uchun pasta | |
2 dona bulg'or qalampiri | |
2 dona qovoqcha | |
2 dona piyoz | |
500 gramm po'stidan tozalangan pomidor | |
150 gramm motsarella pishlog'i | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
ta'bga qarab oregano | |
yarim bog' yashil rayhon | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
1 Sharhlar Hide Comments
Juda ham ajoyib taom