fbpx
Bolalar oshxonada: Shokoladli pasta solingan rogaliklar

Bolalar oshxonada: Shokoladli pasta solingan rogaliklar

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Ichiga:

Yo’nalishlar

Agarda sizni ko’pincha choy bilan ichishga nimadir tayyorlash tashvishi bezovta qilsa, unda hech ikkilanmasdan hozirgi rogaliklarimizdan tayyorlang.

Asos sifatida shokoladli pastadan foydalanish yoki ta’bga qarab xohlagan mahsulotlardan solish mumkin.

Quyidagi masalliqlardan 16 dona rogaliklar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan sarflaniladigan pul — 14 000 so’m.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
125 gramm smetana
125 gramm margarin yoki sariyog'
3 osh qoshiq shakar
250 gramm un
1 ta pachka vanilin
bir chimdim tuz
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Ichiga:
100 gramm shokoladli pasta
16 dona xohlagan yong'oqlar
Qadam 1
Tugallandi

Kattaroq idishga unni elab solamiz, ustidan tuz va vanilinni solamiz. Aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustidan muzdek sariyog'ni qirg'ichning katta tishchasidan chiqaramiz va qo'lsa kukunsimon holatga kirguniga qadar ishqalab olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ustidan smetana va shakarni solib, darrov xamir qorib olamiz.

Xamirni tezda aralashtirib olamiz, uzoq vaqt aralashtirsak, xamir qattiq bo'lib pishadi.

Xamirni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 30-40 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni sovutgichdan olib, teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ikkala xamirni ham 2-3 mm qalinlikda, aylana shaklda yoyib olamiz va uni har bir xamirni teng 8 ta qismga bo'lib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamir bo'lakchalarining keng qismiga 1 choy qoshiqdan shokoladi pasta va yong'oqlardan qo'yib, ruletga o'xshatib o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng rogaliklarni patnisga terib, ustiga tuxum sarig'idan surtamiz.

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgan rogaliklarning ustidan shakar upasi sepib, iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
125 gramm smetana
125 gramm margarin yoki sariyog'
3 osh qoshiq shakar
250 gramm un
1 ta pachka vanilin
bir chimdim tuz
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Ichiga:
100 gramm shokoladli pasta
16 dona xohlagan yong'oqlar
oldingi
Uyda tayyorlanilgan lecho
keyingi
Bodring va yashil no’xat solib tayyorlaniladigan tovuqli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.