fbpx
Manti

Manti

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Manti bu xamirli taomlarning ichida eng mazali va to’yimlisi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki yupqa xamirda juda sersuv bo’lib pishadigan go’sht bo’lakchalari hammaga birdek yoqadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 56 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
1 kilo un
320 millilitr suv
20 gramm tuz
2 dona tuxum
Asosiga:
1 kilo mol yoki qo'y go'shti
1 kilo piyoz
300 gramm dumba yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
Qadam 1
Tugallandi

Katta tog'oraga unni elab solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga suv, tuxum va tuzni solib, venchikda ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumli aralashma ustidan unni solib, xamir qoramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni oziq-ovqat pelyonkasiga yopib, 30 daqiqa xona haroratida qoldiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Go'sht, piyoz va dumba yog'ini mayda to'rtburchak qillib to'g'rab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tingan xamirni yong'oqdan sal maydaroq bo'lakchalarga bo'lib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamir bo'lachalarini yupqa qilib yoyib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Xamiri ichiga bir osh qoshiqdan go'shtdan solib, o'zingizga qulay shaklda tugib chiqing.

Qadam 9
Tugallandi

Mantini ostiga yog' surtib, mantiqosqonga terib chiqamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Qaynayotgan suv ustiga mantiqosqonlarni qo'yamiz va 35-40 daqiqa pishirib olamiz.

Pishgan mantilarni smetana va ko'katlar bilan birga dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
1 kilo un
320 millilitr suv
20 gramm tuz
2 dona tuxum
Asosiga:
1 kilo mol yoki qo'y go'shti
1 kilo piyoz
300 gramm dumba yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
ta'bga qarab zira
oldingi
Moshkichiri
keyingi
«Nokli tatin» pirogi

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.