Moshkichiri
Masalliqlar:
-
300 gramm qo'y yoki mol g'shti
-
2 ta piyoz
-
200 gramm qizil sabzi
-
300 gramm kartoshka
-
200 gramm o'simlik yog'i
-
250 gramm mosh
-
200 gramm yumaloq donli guruch
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
0,5 choy qoshiq zira
-
0,5 choy qoshiq kashnich
Yo’nalishlar
Moshkichiri o’zbek milliy taomlarimizning eng mazali va juda to’yimli ovqatlaridan biri bo’lib, uni tayyorlash siz o’ylaganchalik qiyin emas.
Moshkicirini hamma har xil usulda tayyorlaydi. Bizlarning ham o’z retseptimiz mavjud bo’lib, o’ylaymizki u sizlarga ham juda yoqadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm qo'y yoki mol g'shti | |
2 ta piyoz | |
200 gramm qizil sabzi | |
300 gramm kartoshka | |
200 gramm o'simlik yog'i | |
250 gramm mosh | |
200 gramm yumaloq donli guruch | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
0,5 choy qoshiq zira | |
0,5 choy qoshiq kashnich |
Qozonga yog'ni solib, yaxshilab qizdirib solamiz.
So'ng go'shtni bir nechta bo'laklarga bo'lib, yoki yaxlit butunligicha solamiz va qizartirib qovurib olamiz.
So'ng yarim halqa qilib to'g'ralgan piyozni solib, uni ham qizartirib qovurib olamiz.
Sabzini somoncha, kartoshkani to'rtburchak qilib to'g'raymiz va piyozning ustidan solib, yana biroz qovuramiz.
Ustidan qaynagan suvni solib, qaynash darajasiga keltiramiz.
Moshni yuvib solamiz va yorilguniga qadar past olovda qaynatib pishiramiz. (Maslahat: Agarda taomning rangi tiniq bo'lsin desangiz, unda mosh ustidan ozgina suv solib, o'zina alohida qozonchada bir qaynatib oling. So'ng suvini to'kib tashlab, undan so'nggina ovqatga soling.)
Mosh yorilgandan so'ng, guruchni ham yuvib solamiz va past olovda suvini to'liq shimgunicha qaynatib pishiramiz. Aytgancha, qopqog'ini yopishni unutmang. Agarda suvi kamlik qilsa-yu, taom quruq bo'lib qolsa, unda yana qaynoq suvdan soling.
Xohishga qarab ikkta piyozni qovurib, ustidan bir dona pomidorni qirg'ichdan chiqarib soling va biroz pishiring. Pishgan taomning ustiga surtib iste'mol qilsangiz, juda ajoyib ta'mni kashf qilgan bo'lasiz.
Shuningdek moshkichirini suzma, ko'katlar va to'g'ralgan piyoz bilan birga dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm qo'y yoki mol g'shti | |
2 ta piyoz | |
200 gramm qizil sabzi | |
300 gramm kartoshka | |
200 gramm o'simlik yog'i | |
250 gramm mosh | |
200 gramm yumaloq donli guruch | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
0,5 choy qoshiq zira | |
0,5 choy qoshiq kashnich |
2 Sharhlar Hide Comments
Qancha suv solish kere?
2-2,5 litr suv yetib qoladi)