fbpx
Olxo’rili pirog

Olxo’rili pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Olxo’rilar g’arq pishgan mahalda mana shunday, ifodalab bo’lmaydigan darajadagi mazali pirogdan tayyorlab oila a’zolaringizni mamnun qiling.Agarda siz olxo’rini uncha yoqtirmasangiz, unda o’rik, shaftoli yoki xohlagan boshqa mevalaringizdan ishlatishingiz ham mumkin.

Masalliqlar:

300 gramm un
200 gramm qo'ng'ir rangli shakar Oddiy shakardan foydalansa bo'ladi
200 gramm sariyog'
2 ta tuxum
100 millilitr sut
10-12 ta olxo'ri
1 choy qoshiw vanilin
1 choy qoshiq dolchin
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Unni tuz va qabartma bilan birga elab olamiz.

Вlender idishiga un, 5 osh qoshiq shakar, 150 gramm sariyog'ni to'g'rab solamiz va mqydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum, vanilin va sutni alohida idishga solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Suyuq aralashma ustidan unli massani solib, qoshiqda aralashtirib olamiz.

Quyuqroq xamir hosil bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipimizga pergament qog'oz to'shab, xamirni solamiz.

Olxo'rilarni to'rtga bo'lib, xamir ustidan terib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Qolgan shakarni dolchin bilan aralashtirib, pirog ustidan sepamiz.

Sariyog'ni qolganini ham eritib, pirog ustidan quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

180 C qizdirilgan gaz pechida 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm un
200 gramm qo'ng'ir rangli shakar Oddiy shakardan foydalansa bo'ladi
200 gramm sariyog'
2 ta tuxum
100 millilitr sut
10-12 ta olxo'ri
1 choy qoshiw vanilin
1 choy qoshiq dolchin
bir chimdim tuz
oldingi
Tar-tar qaylasi bilan tayyorlanilgan do’lma
keyingi
Videoretsept: Baqlajondan tayyorlanilgan kotletlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.