Videoretsept: Tvorog va malinali shtrudel
Masalliqlar:
-
500 gramm tayyor qatlama xamir
-
200 gramm malina
-
150 gramm shakar upasi
-
400 gramm tvorog
-
80 gramm 35 %li yog'li qaymoq
-
1 dona tuxum
-
1 dona tuxum sarig'i
-
3-4 osh qoshiq maydalangan pechenye
-
ustiga sepish uchun 2 osh oshiq qo'ng'ir rangli shakar
Yo’nalishlar
Mayin xamir, tvorog va malinadan tashkil topgan mazali asosli bu pishiriq o’zining xushbo’y ifori ila uyingizni to’ldirib yuboradi!
Bu shtrudelni tayyorlash oson bo’lishi bilan birga zavq bag’ishlashi uchun uni tayyor qatlama xamirdan tayyorlab olamiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 25 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlama xamir | |
200 gramm malina | |
150 gramm shakar upasi | |
400 gramm tvorog | |
80 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
1 dona tuxum | |
1 dona tuxum sarig'i | |
3-4 osh qoshiq maydalangan pechenye | |
ustiga sepish uchun 2 osh oshiq qo'ng'ir rangli shakar |
Tvorogni qaymoq, tuxum sarig'i, shakar upasi bilan aralashtirib, blenderda maydalab olamiz.
Xamirni 35x45 sm hajmdagi to'rtburchak qilib yoyib olamiz.
Xamirning teng yarmidan sal ko'prog'iga maydalangan pechenye sepamiz.
Pechenyelar ustidan tvorogli massani surtib, malinalarni ham sepamiz.
Xamirni rulet qilib o'raymiz va pergament qog'oz to'shalgan patnisga joylaymiz. Ustiga tuxum sarig'idan surtamiz va shakar sepamiz.
Ruletni 15 daqiqa tindirib qo'yamiz, so'ng 190 C qizdirilga gaz pechida 35 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlama xamir | |
200 gramm malina | |
150 gramm shakar upasi | |
400 gramm tvorog | |
80 gramm 35 %li yog'li qaymoq | |
1 dona tuxum | |
1 dona tuxum sarig'i | |
3-4 osh qoshiq maydalangan pechenye | |
ustiga sepish uchun 2 osh oshiq qo'ng'ir rangli shakar |