fbpx
Shaftolili pirog

Shaftolili pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun shaftoli va tayyor qatlama xamirdan tayyorlaniladigan mazali pirog retseptini sizlarga taqdim etamiz.

Bu pirogga siz xohlagan mevalaringizdan solishingiz mumkin: olma, nok, o’rik, olcha, qorag’at yoki malina.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm qatlama xamir
500 gramm shaftoli
3 osh qoshiq bug'doy yormasi
500 gramm shakarsiz yogurt
1 o'ram vanilin
1 dona tuxum
Qadam 1
Tugallandi

Xamirni 0,5 sm qalinlikda yoyamiz.

Gaz pechi patnisi yoki qolipga qo'yib, chetlarini qalinroq qilib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirning ustiga 1 osh qoshiq bug'doy yormasi (mannaya krupa)dan sepamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shaftolilarni to'g'rab, xamir ustidan terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yogurtga tuxum, bug'doy yormasi, shakar va vanilinni solib aralashtirib olamiz va pirogning ichiga quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm qatlama xamir
500 gramm shaftoli
3 osh qoshiq bug'doy yormasi
500 gramm shakarsiz yogurt
1 o'ram vanilin
1 dona tuxum
oldingi
Rezavor mevalardan tayyorlanilgan muzqaymoq
keyingi
Quymoqli tort

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.