Karamellangan bananlar bilan tayyorlanilgan suli yormasidan bo’tqa
Masalliqlar:
-
100 gramm suli yormasi
-
750 millilitr suv
-
0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
1 choy qoshiq sariyog'
-
2 osh qoshiq asal
-
1 dona banan
Yo’nalishlar
Suli yormasi juda ham foydali yegulik bo’lib, afsuski uni ko’pchilik sevib iste’mol qilmaydi. Lekin karamellangan bananlar bilan tayyorlanilga bunday bo’tqa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Buning uchun bizlarga faqat suli parchalari va bir dona banan kerak bo’ladi.
Masalliqlar:
100 gramm suli yormasi | |
750 millilitr suv | |
0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
1 choy qoshiq sariyog' | |
2 osh qoshiq asal | |
1 dona banan |
Qozonchaga suv va suli parchalarini solamiz. Suv qaynagandan so'ng, olovni pasaytirib, past olovda, pishgunicha qaynatamiz.
Bu vaqt mobaynida bananlarni tayyorlab olamiz. Tovaga sariyog'ni solib qizdiramiz va parrak qilib to'g'ralgan bananlarni solamiz.
So'ng asalni solib, bananlarni ag'daramiz va 2-3 daqiqa karamellab olamiz.
Bo'tqa pishib, biroz suvi qolganida gazdan olamiz va ichiga dolchin va 1 choy qoshiq asaldan solamiz.
Likopchaga suzamiz va ustini karamellangan bananlar va ta'bga qarab yong'oqlar bilan bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
100 gramm suli yormasi | |
750 millilitr suv | |
0,5 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
1 choy qoshiq sariyog' | |
2 osh qoshiq asal | |
1 dona banan |