«Kapreze» salati
Masalliqlar:
-
200 gramm motsarella pishlog'i
-
300 gramm pomidor
-
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari
-
2 choy qoshiq zaytun moyi
-
1 choy qoshiq oregano
-
ta'bga qarab kedr yong'og'i
-
ta'bga qarab balzamli sirka
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
«Kapreze» qanday salat? Bu motsarella pishlog’ining sersuv bo’lakchalari, yaxshi pishgan pomidor va xushbo’y rayhon yaproqchalaridan tashkil topgan juda mazali salatdir.
Bunday salat dasturxoningizning haqiqiy ko’rkiga aylanadi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*
narxi manab chop etilgan vaqtgagina mal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm motsarella pishlog'i | |
300 gramm pomidor | |
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari | |
2 choy qoshiq zaytun moyi | |
1 choy qoshiq oregano | |
ta'bga qarab kedr yong'og'i | |
ta'bga qarab balzamli sirka | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Pomidorlarni o'tkir pichoq bilan 5 mm qalinlikda parrak qilib to'g'raymiz.
Ustki va pastki pomidor bo'lakchalarini bu salatga ishlatmaymiz.
Motsarella pishlog'ini ham xuddi pomidordek parrak qilib to'g'raymiz.
Yassi likopchaga pomidor, pishloq va rayhon yaproqchalarini navbati bilan joylashtiramiz.
Salatning likopchadagi ko'rinishi sizning tasavvuringizga bog'liq.
Ustidan mayda tuz va murch sepamiz.
Quruq oreganoni qo'lda ezib, salat ustidan sepamiz.
Kedr yong'og'i sepsang, salatimiz yanada mazali chiqadi.
Masalliqlar:
200 gramm motsarella pishlog'i | |
300 gramm pomidor | |
bir nechta yashil rayhon yaproqchalari | |
2 choy qoshiq zaytun moyi | |
1 choy qoshiq oregano | |
ta'bga qarab kedr yong'og'i | |
ta'bga qarab balzamli sirka | |
ta'bga qarab tuz va murch |