fbpx
Videoretsept: Qiyma bilan to’ldirilgan baqlajonlar

Videoretsept: Qiyma bilan to’ldirilgan baqlajonlar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga sevimli sabzavotlardan biri – baqlajondan ajoyib taom tayyorlashni o’z videolavhamizda ko’rsatib o’tamiz.

Sizlarga baqlajonning ichiga qiyma solib, ustidan pishloq sepishni tavsiya qilamiz. Ana shunda u bemalol asosiy taom o’rnini ham bosa oladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 33 000 so’m pul sarflaysiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

4 ta baqlajon
400 gramm mol go'shtidan qiyma
1 dona pomidor
1 bosh piyoz
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
yarim bog'dan shivit va kashnich
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Baqlajonlarni o'rtasidan teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 2
Tugallandi

ЧO'rtasini kesib olib, chetga qo'yamiz.

Tuz sepib, 20 daqiqaga qoldiramiz, shunda achimtir ta'midan xalos bo'lamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kesib olingan baqlajon ichini to'rtburchak to'g'rab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Baqlajonlarni yuvib olamiz va sochiq bilan quritamiz. Ularni patnisga terib, ichiga yog' surtamiz va 230 С qizigan gaz pechida 10-15 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz

Yog' solib qizidrilgan tovada avval to'g'ralgna baqlajonni qovurib olamiz. So'ng olib tog'oracaga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Shu tovada mayda to'g'ralgan piyozni ham qovurib olamiz. Mayda to'g'ralgan sarimsoqpiyozni ham solib, yana ikki daqiqa qovuramiz va baqlajon solingan tog'orachaga uni ham solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng esa shu tovada qiymani ham qovurib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pomidor ustidan qaynoq suv solib, 1-2 daqiqaga qoldiramiz, so'ng po'stidan tozalab, mayda to'g'rab olamiz.

Qiyma solinga tovaga solamiz, ustidan qovurilgan baqlajon va piyozni solamiz.

Tuz va murch sepib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

So'ng baqlajonlarning ichiga qiymali aralashmamizdan solib chiqamiz. Ustidan pishloq sepamiz.

Qadam 10
Tugallandi

180 C haroratda qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz. Ustiga ko'katlar sepib bezatamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 ta baqlajon
400 gramm mol go'shtidan qiyma
1 dona pomidor
1 bosh piyoz
2 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm qirg'ichdan chiqarilgan qattiq pishloq
yarim bog'dan shivit va kashnich
qovurish uchun o'simlik yog'i
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Shokoladli fadj
keyingi
Sabzili pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.