Xom qovoqchalardan salat
Masalliqlar:
-
500 gramm qovoqcha
-
2 choy qoshiq tuz
-
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 osh qoshiq asal
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
1 osh qoshiq 9% li sirka
-
yarim bog' shivit yoki kashnich
-
yarimta limon sharbati
-
ta'bga qarab qora murch
Yo’nalishlar
Muntazam bir xil tayyorlaydigan taomlaringizdan birozga bo’lsada voz keching! Bugungi bizning xom qovoqchalardan tayyorlaniladigan salat juda foydali hisoblanib, ta’mi ham o’zgacha chiqadi.
Bu salatdagi mahsulotlar pishirilmasligi sabab ham, undagi barcha vitaminlar saqlanib qolinadi. Bunday salat juda yengil bo’lib, hazm qilinishi ham oson.
Tayyorlaniladigan salatga taxminan 4 000 so’m pul sarflaysiz.*
*mahsulot narxi manab chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
500 gramm qovoqcha | |
2 choy qoshiq tuz | |
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq asal | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
yarim bog' shivit yoki kashnich | |
yarimta limon sharbati | |
ta'bga qarab qora murch |
Qovoqchalarni yuvib, sabzavot po'stini tozalagich yordamida yupqa kesib olamiz.
Chuqurroq tog'orachaga solamiz.
Qovoqchalarga limon sharbati va tuzdan sepamiz va qovoqchaning suvi ajralishi uchun 15 daqiqa xona haroratiga qoldiramiz.
Kattaroq idishda marinadni tayyorlab olamiz, sarimsoqpiyozni mayda to'g'rab solamiz, ustidan o'simlik yog'i, asal, 1 choy qoshiq tuz, murch va sirka solamiz.
Qovoqchadan ajralib chiqqan suvni to'kib tashlab, ustidan marinadni solamiz.
Mayda to'g'ralgan ko'katlarni solamiz.
Yaxshilab aralashtirib, 1-2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. So'ng, olib iste'mol qilamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
500 gramm qovoqcha | |
2 choy qoshiq tuz | |
3 dona sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq asal | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
1 osh qoshiq 9% li sirka | |
yarim bog' shivit yoki kashnich | |
yarimta limon sharbati | |
ta'bga qarab qora murch |