fbpx
Tovuq va qo’ziqorinli «Alfredo» Fettuchini taomi

Tovuq va qo’ziqorinli «Alfredo» Fettuchini taomi

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Odatiy taomlardan zerikib, yangicha ta’mli taom tayyorlashni istovchilar uchun ajoyib g’oya! Mayin qayla ostida tayyorlanilgan pasta o’zining mazasi bilan barchani xushnud qilishi aniq.

Italiyada sevimli bo’lgan bu taomni siz ham tayyorlab ko’rish imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Biroz lapsha haqida gapirib o’tsak! Fettuchine (ital. Fettuccine, fettuccia dan olingan bo’lib, — band degan ma’noni bildiradi) — Rimda mashhur bo’lgan retseptlardan biridir.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 50 000 so’m sarflaysiz.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
800 gramm tovuq go'shti (lahm)
600 gramm shampinyon
4 osh qoshiq zaytun moyi
2 osh qoshiq sariyog'
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
150 gramm piyoz
200 millilitr yog'li qaymoq
70 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
1 choy qoshiq oregano
300 gramm fettuchine pastasi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Qozonga suv va tuz solib qizdiramiz va pastani o'ramiga qarab qaynatib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Zaytun moyini tovaga solib qizdiramiz va butun tovuq to'shlarini ikki tomonidan qovurib olamiz.

Pishgan tovuqni mayda to'g'rab, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shu tovada qo'ziqorinlarni ham tillarangga kirgunicha qovurib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Chuqurroq boshqa tovada sariyog'ni eritib olamiz

Mayda to'g'ralgan piyoz va sarimsoqpiyozni solib, past olovda qovurib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng to'g'ralgan tovuq, qo'ziqorin, oregano va qaymoqni solib, bir necha daqiqa dimlab pisiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuz, murch va parmezan pishlog'ini solib, yana ikki daqiqacha dimlaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qaynatilgan pastani ichiga solib aralashtiramiz

Likopchaga tortib, ustidan parmezan pishlog'i sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 40 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
800 gramm tovuq go'shti (lahm)
600 gramm shampinyon
4 osh qoshiq zaytun moyi
2 osh qoshiq sariyog'
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
150 gramm piyoz
200 millilitr yog'li qaymoq
70 gramm qirg'ichdan chiqarilgan parmezan pishlog'i
1 choy qoshiq oregano
300 gramm fettuchine pastasi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Ismaloq va kividan tayyorlanilgan smuzi
keyingi
Quymoqli tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.