Ismaloq va kividan tayyorlanilgan smuzi
Masalliqlar:
-
200 millilitr olma sharbati
-
1 bog' ismaloq
-
15 ta yalpiz yaproqchalari
-
2-3 dona kivi
Yo’nalishlar
Oramizda ko’pchiligimizga nonushta uchun foydali va mazali yegulik tayyorlashda ortiqcha vaqt topilmaydi. Shunday paytlarda oson tayyorlaniladigan, asosiysi juda foydali smuzilarga murojaat qilamiz.
Ismaloqning foydali xususiyatlari chegarasizdir. Ammo uning faqatgina o’zidan tayyorlanilgan smuzilar mazali chiqmaydi. Shu sabab ham unga mevalar qo’shilsa, o’ylaymizki, juda mazali chiqadi.
Asosiysi ismaloqli smuziga suv solmang, bunda uning barcha foydali xususiyatlari yo’qoladi. Shu sabab ham bizlar unga olma sharbati solib tayyorlashga qaror qildik.
Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 8 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi maqola chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 millilitr olma sharbati | |
1 bog' ismaloq | |
15 ta yalpiz yaproqchalari | |
2-3 dona kivi |
Ismaloqni yaxshilab yuvib olamiz. So'ng qattiq poyalarini kesib tashlab, barglarini katta-katta bo'laklarga bo'lamiz.
Yalpizning yaproqchalarini ham yaxshilab yuvamiz.
Kivini po'stini ham archib, bo'laklarga bo'lamiz.
Ismaloq, yalpiz, olma va kivini blender idishiga solamiz va pyure holatiga keltiramiz.
Yaxshilab aralashtiramiz va idishlarga quyib darhol iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 millilitr olma sharbati | |
1 bog' ismaloq | |
15 ta yalpiz yaproqchalari | |
2-3 dona kivi |