Okroshka
Masalliqlar:
-
250 gramm qaynatilgan kolbasa
-
3-4 ta qaynatilgan kartoshka
-
4 ta qaynatilgan tuxum
-
4 ta bodring
-
5 ta rediska
-
1 bog' shivit
-
1 bog' ko'k piyoz
-
1,5 litr kefir
-
ta'bga qarab mineralli suv
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Yozning jazirama kunlarida ba’zan ishtaha umuman yo’qoladi. Shunday paytda ko’pchilikka sevimli bo’lgan yaxna sho’rva as qotadi.
Ana shunday yaxna sho’rvalardan biri bu – okroshka. Biz bugun qaynatilgan kolbasa, qatiq va mineral suv solib tayyorlaniladigan turini tayyorlaymiz.
Siz esa ta’bingizdan va uydagi mahsulotlardan kelib chiqqan holda qaynatilgan go’sht yoki tovuq go’shti solishingiz ham mumkin.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 22 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm qaynatilgan kolbasa | |
3-4 ta qaynatilgan kartoshka | |
4 ta qaynatilgan tuxum | |
4 ta bodring | |
5 ta rediska | |
1 bog' shivit | |
1 bog' ko'k piyoz | |
1,5 litr kefir | |
ta'bga qarab mineralli suv | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Kartoshkani yaxshilab yuvamiz, qaynatib pishiramiz. So'ng sovutib, po'stidan tozalab olamiz.
Barcha masalliqlarni mayda to'rtburchak qilib to'g'raymiz.
Bodringni to'rtburchak, ko'k piyoz va shivitni mayda to'g'raymiz.
Tuz sepib, ezgichda biroz ezsak, bodring va ko'katlarning suvi biroz chiqadi.
Ustidan qolgan barcha masalliqlarni va kefirni ham solamiz.
Yaxshilab aralashtirib, tuz va murch sepamiz.
Yaxna sho'rvaning quyuq-suyuqligini ta'bga qarab mineral suv solib belgilaysiz. Tortishdan avval, 40-50 daqiqa sovutgichga qo'yib sovuting. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm qaynatilgan kolbasa | |
3-4 ta qaynatilgan kartoshka | |
4 ta qaynatilgan tuxum | |
4 ta bodring | |
5 ta rediska | |
1 bog' shivit | |
1 bog' ko'k piyoz | |
1,5 litr kefir | |
ta'bga qarab mineralli suv | |
ta'bga qarab tuz va murch |
1 Sharhlar Hide Comments
Iltimoos faqat kolbasa EMAAAS!!! Kolbasa bilan okroshkani mazasi butunlay buziladi ?