Qulupnayli granita
Masalliqlar:
-
300 gramm qulupnay
-
1 dona limon yoki laym
-
3 osh qoshiq shakar
-
100 millilitr suv
Yo’nalishlar
Granita bu Sitsiliya orollarida iste’mol qilinadigan muzqaymoq bo’lib, hozir qulupnaylar mavsumida bu shirinliklardan tayyorlashning ayni fursati.
Granitani tayyorlab bo’lgandan so’ng, 4 soat muzlashiga qadar kutib turish kerak bo’ladi.
Bu shirinlikka taxminan 5 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm qulupnay | |
1 dona limon yoki laym | |
3 osh qoshiq shakar | |
100 millilitr suv |
Qulupnayni yuvib, dumchasidan tozalab olamiz. Blenderga solamiz.
Limonning yarmini sharbatini siqib solamiz, po'stini qirg'ichdan chiqaramiz.
Shakar va suvni solib, silliq bo'lguniga qadar blenderda maydalaymiz.
Tayyor aralashmani konteynerga solamiz va qopqog'ini yopib, muzlatgichga olib qo'yamiz. Har 40-70 daqiqada olib, sanchiqada aralashtirib turish kerak. Aralashtirgandan so'ng yana muzlatgichga qo'yamiz.
4 soat o'tgandan so'ng granita tayyor bo'ladi, uni bokallarga quyib, xohishga qarab bezatamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
300 gramm qulupnay | |
1 dona limon yoki laym | |
3 osh qoshiq shakar | |
100 millilitr suv |