fbpx
Praga torti

Praga torti

Masalliqlar:

  • Kremiga:

  • Asosiga:

  • Shokoladli glazuriga:

Yo’nalishlar

Praga – juda mazali, mayin kremli va usti glazurli, shokoladga to’yingan tortlardan biridir. Endilikda siz ham bunday shirinlikni tayyorlay olish imkoniyatiga ega bo’lasiz.Bunda esa har doimgidek Zira yordamga oshiqadi.

Bu tortni bunday tayyorlashni Moskvadagi «Praga» restoraning bosh oshpazi o’ylab topganligi sabab ham, unga shu nom berilgan.

Biz bu tortni tayyorlashda asl retseptidan biroz chekindik, unda xom tuxumlar solinadi, bizlar esa tuxum ishlatmadik, ammo shunga qaramay ta’mi juda mazali chiqdi.

Asl retseptda tortni bitta 22-23 sm li qolipda pishirib, so’ng uni 3 ga bo’lish yozilgan. Bizlar esa 18 sm li qolipda xamirni ikkiga bo’lib pishirib oldik.

Pishirilgan tortga sarflaniladigan pul taxminan — 57 000 so’m.*

*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.

Masalliqlar:

6 ta tuxum
150 gramm shakar
115 gramm un
25 gramm kakao
40 gramm sariyog'
Kremiga:
200 gramm quyultirilgan sut
350 gramm yumshatilgan sariyog'
1 choy qoshiq vanil
10 gramm kakao
Asosiga:
4 osh qoshiq o'rikli jem
2-3 osh qoshiq iliq suv
Shokoladli glazuriga:
60 gramm qora shokolad
60 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Qolipni tayyorlab olamiz. Aylana qolip olib, ostiga pergament qog'oz to'shab, chetlariga sariyog' surtib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sariyog'ni mikroto'lqinli pechda eritib olamiz va biroz sovutamiz.

Qadam 3
Tugallandi

SAriyog' sovigunga qadar tuxum sarig'ini oqidan ajratib olamiz.

Shakarning yarmini tuxum sarig'iga solib, mikser yordamida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Tuxum oqlarini alohida ko'pirtirib olamiz va shakarni qolgan yarmini solamiz. Shakar erigunga qadar yana yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ko'pirtirilgan tuxum oqlari va sarig'ini bir-biri bilan ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Ustidan un va kakaoni elab solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirdan 2-3 qoshig'ini alohida idishga solamiz va ustidan eritilgan sariyog' quyamiz.

Aralashtiramiz va xamirning ustiga qaytadan solamiz. Yana ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Qolipga xamirni solamiz. Agar qolipingiz katta bo'lsa, hammasini, agar 18 sm li bo'lsa, ikkiga bo'lib, ikki marotaba pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Biskvitimizni sovutib olamiz, so'ng yelim qog'ozga solib, 5-8 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni yaxshilab ko'pirtirib olamiz, so'ng quyultirilgan sut, vanil va kakaoni solamiz.

Masalliqlar birlashguniga qadar ko'pirtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

O'rikli jemga suv solib aralashtiramiz.

Va biskvitlarni ustidan quyib, shimdirib olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Har bir qavatiga krem surtib, tortni yig'amiz.

Qolgan kremni esa tortni chetlari va ustiga surtib chiqamiz.

Tortni 1 soatga sovutgichga olib qo'ymiz.

Qadam 12
Tugallandi

So'ng shokolad va sariyog'ni suv bug'ida eritib olamiz va sovutib, tortni ustidan quyamiz.

Praga tortini bir necha soat sovutgichga qo'yib, iste'mol qilishdan yarim soat oldin xona haroratiga qo'ysak, krem isib, biskvitlari ham yumshaydi va mazaliroq chiqadi.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

6 ta tuxum
150 gramm shakar
115 gramm un
25 gramm kakao
40 gramm sariyog'
Kremiga:
200 gramm quyultirilgan sut
350 gramm yumshatilgan sariyog'
1 choy qoshiq vanil
10 gramm kakao
Asosiga:
4 osh qoshiq o'rikli jem
2-3 osh qoshiq iliq suv
Shokoladli glazuriga:
60 gramm qora shokolad
60 gramm sariyog'
oldingi
Videoretsept: Tvorog va ko’katlardan somsa
keyingi
Jeymi Oliverdan sabzavotli tartaletkalar

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.