fbpx
Yangi kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo’y sonlari

Yangi kartoshkalar bilan gaz pechida pishirilgan qo’y sonlari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun ispancha ajoyib taom Cordero Asado yoki «Pishirilgan qo’y go’shti» taomini pishirib ko’ramiz. Bu taom o’zining o’zgacha ta’mi bilan sizlarga, ayniqsa erkaklarimizga manzur bo’ladi degan umiddamiz.

Bu taom chiroyli ko’rinishdaligi sabab ham, bayram dasturxonlarini ham bezatishi aniq.

Masalliqlar:

1 ta qo'y soni
2 kilo yangi chiqqan kartoshkalar
2 ta limon
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq zaytun moyi
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
150 millilitr suv
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni olib yuvamiz va qog'oz sochiq bilan quritib olamiz.

O'tkir pichoq yordamida bir necha joyini tilib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda marinad tayyorlab olamiz: zaytun moyini limon sharbati bilan aralashtiramiz.

Sarimsoqpiyozni ham mayda to'g'rab, ichiga solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Barcha quruq ziravorlarni aralashtirib olamiz.

Shu ziravorlarni qo'y go'shtiga sepamiz. Ammo, ozroq kartoshkaga sepish uchun ham olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Kartoshkalarni ham yuvib qolipga qo'yamiz va ziravorlardan sepamiz.

Suv solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Taomimizni ustini zar qog'ozda yopib, gaz pechiga qo'yamiz va ikki soat davomida past olovda pishirib olamiz, Har yarim soatda ochin=b, undan ajralib chiqqan sharbatini ustidan quyamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 ta qo'y soni
2 kilo yangi chiqqan kartoshkalar
2 ta limon
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
3 osh qoshiq zaytun moyi
1 choy qoshiq oregano
1 choy qoshiq kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
150 millilitr suv
oldingi
Tovuqli toblatma
keyingi
Stuzzico kafesidan retsept: xandon pistali profitrolilar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.