Mikroto’lqinli pechda pishirilgan pechenyelar
Masalliqlar:
-
2 stakan suli yormasi
-
60 gramm shakar
-
2 ta tuxum
-
1 osh qoshiq un
-
20 gramm sariyog'
-
100 gramm yong'oq
-
ta'bga qarab maydalangan dolchin
Yo’nalishlar
Bugungi retseptimiz juda qiziq bo’lib, sizlarga foydasi tegishi aniq. Bizlar mikroto’lqinli pechda tayyorlaniladigan mazali pechenyelar retsepti sirlarini sizlar bilan bo’lishishga qaror qildik.
Ham foydali, ham mazali, eng asosiysi esa juda tez tayyorlaniladigan bu pishiriqni tayyorlashni boshladik.
Masalliqlar:
2 stakan suli yormasi | |
60 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
1 osh qoshiq un | |
20 gramm sariyog' | |
100 gramm yong'oq | |
ta'bga qarab maydalangan dolchin |
Suli yormasi, yong'oq va unni blender idishiga solib maydalaymiz.
Alohida idishga tuxumni chaqib solamiz, ustidan shakar, dolchin va sariyog'ni solib shakar erigunga qadar aralashtiramiz.
Quruq va suyuq massalarimizni aralashtirib olamiz va 10 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Mikroto'lqinli pech likopchasini olamiz va ustidan pergament qog'oz to'shaymiz.
Qog'oz ustidan bir choy qoshiq xamirdan solib chiqamiz..
Ularni mikroto'lqinli pechga qo'yib 800 Vt da 5 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Bunday pechenyelarni yopiq idishlarda 3 kundan 5 kungacha saqlash mumkin.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 stakan suli yormasi | |
60 gramm shakar | |
2 ta tuxum | |
1 osh qoshiq un | |
20 gramm sariyog' | |
100 gramm yong'oq | |
ta'bga qarab maydalangan dolchin |