Pesto qaylasi
Masalliqlar:
-
2 bog' rayhonyashil ranglisi
-
30 gramm kedr yong'og'i
-
40 gramm qattiq pishloq
-
2 tishcha sarimsoqpiyoz
-
100 millilitr zaytun moyi
-
ta'bga ko'ra tuz
Yo’nalishlar
Biz bugun sizlarga mashhur bo’lgan, italyancha yashil rangli va ajoyib ta’mga ega qayla – pesto tayyorlashni taklif qilamiz. Bu qayla dunyoning eng mashhur qaylalari beshtaligiga kirishini bilasizmi?
Bu qayla makaron, go’sht va baliqdan tayyorlangan ovqatlar bilan ham juda yaxshi ketadi. Bu qayla salatlarga qo’shilganda ham, ularga xushta’mlik baxsh etadi, masalan klassik kapreze salatiga.
Masalliqlar:
2 bog' rayhon | |
30 gramm kedr yong'og'i | |
40 gramm qattiq pishloq | |
2 tishcha sarimsoqpiyoz | |
100 millilitr zaytun moyi | |
ta'bga ko'ra tuz |
Rayhon yaproqlari iliq suvda chayib olinadi va bandlaridan ajratib olinadi.
Yuvilgan barglar qog'oz sochiq yordamida quritiladi.
Rayhon barglari blender idishiga solinadi.
Ustidan pishloq, kedr yong'og'i, bir chimdim tuz, sarimsoqpiyoz solinadi va ustidan zaytun moyi quyiladi.
Blenderda hammasi maydalaniladi va oz-ozdan zaytun yog'i qo'shiladi.
Qaylani juda ezib tashlash kerak emas, faqat bir ozgina maydalaniladi va aralashtiriladi.
Masalliqlar:
2 bog' rayhon | |
30 gramm kedr yong'og'i | |
40 gramm qattiq pishloq | |
2 tishcha sarimsoqpiyoz | |
100 millilitr zaytun moyi | |
ta'bga ko'ra tuz |