Xamir ichida pishloq qo’shilgan sosiskalar
Masalliqlar:
-
250 gramm tayyor qatlama xamir
-
12 ta sosiska
-
80 gramm qattiq pishloq
-
1 ta tuxum sarig'i
-
20 gramm oq kunjut
Yo’nalishlar
Xamir ichida pishloq qo’shilgan sosiskalar – oson va uy sharoitida tayyorlash mumkin bo’lgan juda mazzali pishiriq. Nonushta yoki tamaddi uchun a’lo tanlov, hamda o’zingiz bilan sayrga yoki piknikga olish qulay.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
250 gramm tayyor qatlama xamir | |
12 ta sosiska | |
80 gramm qattiq pishloq | |
1 ta tuxum sarig'i | |
20 gramm oq kunjut |
Pishloqni ingichka qilib sosiskadan sal kichikroq hajmda kesamiz.
Sosiskalarni ustki qoplamidan tozalaymiz.
Tayyor qatlamali xamirni eritib, yoyamiz. 3 sm qalinlikda lentalarga kesamiz.
Har bir xamir lentasini qo’lda biro tortib cho’zamiz va chetiga 1 bo’lak pishloq qo’shib sosiska atrofini aylantirib chiqamiz. Xamir orasi ochiq qolmasin, aksincha pishloq erib oqib ketadi.
Xamir ichidagi sosiskalarni pergament qog’ozi solingan patnisga terib chiqamiz. Ustiga tuxum sarig’i surtamiz va kunjut sepamiz.
Masalliqlar:
250 gramm tayyor qatlama xamir | |
12 ta sosiska | |
80 gramm qattiq pishloq | |
1 ta tuxum sarig'i | |
20 gramm oq kunjut |