«Vinegret» salati
Masalliqlar:
-
2-3 ta qizil lavlagi
-
2 ta qizil sabzi
-
2 ta kartoshka
-
200 gramm tuzlangan karam
-
1 banka konservalangan yashil no'xot
-
yarim bog' ko'k piyoz
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
3-4 osh qoshiq zaytun moyiyoki o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Vinegret – sal salqinroq havoda sevib iste’mol qilinadigan salatlardan biri bo’lib, uni tayyorlash jarayoni esa juda oddiydir.Bu salatni hamma har xil usulda tayyorlaydi. Bizlar esa bugun bizga eng yoqadigan retseptni sizlarga ham taqdim etamiz.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 15 000 so’m sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
2-3 ta qizil lavlagi | |
2 ta qizil sabzi | |
2 ta kartoshka | |
200 gramm tuzlangan karam | |
1 banka konservalangan yashil no'xot | |
yarim bog' ko'k piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3-4 osh qoshiq zaytun moyi |
Qizil lavlagini tuzli suvda 20 daqiqa davomida qaynatib olamiz, yoki zar qog'oz(folga)ga o'rab, gaz pechida 40 daqiqa pishirib oling.
Kartoshka bilan sabzini esa alohida idishga solib, 20 daqiqa davomida qaynatib pishiring.
Pishirilgan sabzavotlarni sovutib, so'ng mayda to'rtburchak qilib to'g'rang va kattaroq idishga soling.
Ustidan yashil no'xat, tuzlangan karam, to'g'ralgan ko'k piyoz va yog'ni soling, tuz va murch sepib, yaxshilab aralashtirib oling.
Salat tayyor, yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2-3 ta qizil lavlagi | |
2 ta qizil sabzi | |
2 ta kartoshka | |
200 gramm tuzlangan karam | |
1 banka konservalangan yashil no'xot | |
yarim bog' ko'k piyoz | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
3-4 osh qoshiq zaytun moyi |
1 Sharhlar Hide Comments
Yoqti yana yengilaridan tawe