fbpx
Videoretsept: yaponcha moti shirinligi

Videoretsept: yaponcha moti shirinligi

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Xamir uchun

    • Nachinka uchun

    Yo’nalishlar

    Moti — mayin, yengil, ajoyib ta’mga ega an’anaviy yapon shirinligi. Uning farqli tomoni – guruchli undan tayyorlangan cho’ziluvchan xamirdadir, nachinkani esa ta’bga ko’ra solish mumkin: shokolad, maskarpone, tvorogli pishloq va o’rtasiga rezavor mevalar yoki boshqa mevalar. 

    Tayyor taomning taxminiy narxi – 70 000 so’m. 

    *narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

    Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    Xamir uchun
    120 gramm guruch uni
    40 gramm shakar upasi
    200 millilitr sut
    bir chimdim ozuqaviy bo'yoqlar
    150 gramm makkajo'xori kraxmali
    Nachinka uchun
    150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
    200 gramm tvorogli pishloq
    50 gramm shakar upasi
    100 gramm qulupnay
    Qadam 1
    Tugallandi

    Xamir tayyorlaymiz

    Idishda guruch uni, shakar upasi, sut va ozuqviy bo’yoqni birlashtiramiz. Venchik yordamida aralashrtiramiz.
    Muhim: cho’ziluvchanligi baland bo’lgan guruch unini ishlatish kerak. Biz Aroy-D brendi unini ishlatdir, uni Ekobazardan sotib oldik.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Xamirni skovorodkaga quyib, yopishqoq va cho’ziluvchan xamir hosil bo’lguncha past olovda uni isitamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    Xamirni kraxmal sepilgan stol ustiga olamiz va kraxmalga yaxshilab bulaymiz. Shunday holatda sovutgani qoldiramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Nachinka tayyorlaymiz

    Qulupnoyni mayda kubik shaklida to’g’raymiz.

    Qadam 5
    Tugallandi

    Idishda tvorogli pishloq, qaymoq, shakar upasini birlashtirib, mikser yordamida ko’pirtiramiz. Kremni qandolat qopchasiga solamiz.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Moti yasaymiz

    Xamirni 8 bo’lakga bo’lamiz, va har birini kraxmallab yupqa yoyamiz.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Kremni chiqarib, o’rtasiga qulupnoy solamiz. Motini xinkali kabi chetlarini o’rtaga qilib, tugamiz. Ortiqcha xamirni kesib tashlaymiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    Tayyor motini 15 daqiqaga sovutgichga qo’yamiz.

    Yoqimli ishtaha!

    • 2 soat
    • Portsiya 10
    • O’rtacha

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    Xamir uchun
    120 gramm guruch uni
    40 gramm shakar upasi
    200 millilitr sut
    bir chimdim ozuqaviy bo'yoqlar
    150 gramm makkajo'xori kraxmali
    Nachinka uchun
    150 gramm 35 %li yog'li qaymoq
    200 gramm tvorogli pishloq
    50 gramm shakar upasi
    100 gramm qulupnay
    oldingi
    Videoretsept: «Bushe» pishirig’i
    keyingi
    Videoretsept: «Alio va olio» pastasi

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.