Videoretsept: uyda tayyorlangan qattiq pishloq
Masalliqlar:
-
750 millilitr sutuyniki
-
450 gramm 5-9 % li tvoroguyniki
-
25 gramm sariyog'
-
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Uyda tayyorlanadigan tabiiy pishloq retseptini sizga taqdim etamiz. Pishloq mazali va xushbo’y bo’lib, buterbrod, salat va taomlarga oslish uchun mo’ljallangan. Ko’rsatilgan masalliqlardan 300 gramm pishloq chiqadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
750 millilitr sut | |
450 gramm 5-9 % li tvorog | |
25 gramm sariyog' | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq tuz |
Katta qozonga sut bilan tvorogni solamiz.
Maslahat: sut va tvorog magazinniki emas, uyda tayyorlangan bo’lishi kerak. Tvorog yog’li (5% dan ortiq) va quruq bo’lishi kerak.
O’rtacha olovda massani isitamiz. Sut zardobga aylanib, tvorogi ajrab qolishi kerak.
Tvorogni chiqarib tovaga solamiz.
Tuz, iste’mol sodasi va sariyog’ qo’shamiz.
Tinmay aralashtirib, massani isitamiz. U cho’ziluvchan bo’lguncha.
Massani qolipga quyib, sovushini kutamiz. Pishloq qatishi kerak.
Masalliqlar:
750 millilitr sut | |
450 gramm 5-9 % li tvorog | |
25 gramm sariyog' | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 choy qoshiq tuz |